O‘gay otaning nasabi

Assalamu alaykum! Men otam bilan yashamayman. Men onam bilan qolganman. O‘gay otam bor. O‘gay otamning qaromog‘larida emasman. Men ilmsizligim tufayli yoshligimda o‘zimning roziligim bilan o‘gay otamning nasabi va hatto otamning nomini o‘rniga o‘gay otamning nomiga hujjatda rasman o‘tganman. Hozir yoshim 25da, hujjatlarim o‘gay otamning nasabi va nomi bilan (tug‘ulganlik guvohnomasi, pasport, attestat, diplom, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi). Meni o‘gay farzandligimni hamma o‘gay qarindoshlarim bilishadi. Men ushbu holimda gunohkor bo‘lamanmi yoki hujjatlarim shu holda qolsa bo‘ladimi va kelajakda hujjatlarimni shu nasab bilan olishim mumkinmi? Nima qilay to‘g‘ri yo‘l tutish uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkoni boricha haqiqiy otangizni nasabiga moslab oling. Imkon bo‘lmasa, o‘gay otangizni nasabini davo qilmang, hammaga bildirib qo‘ying. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 07:52 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar