Avtomobil nasiya savdosi

Assalomu alaykum! Men avtomashinani boshlag‘ich to‘lov 2000 aqsh dollari 14 oy 500 aqsh dollaridan jami 9000 aqsh dollariga nasiya savdo qilib sotib olgandim va to‘lab bo‘ldim avtomobilni eski egasi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani sababli majburi ijro mashinani sotish xuquqini cheklab qo‘yibdi mashinami egasi qaytarib sotib olmoqchi mashinani xozirgi bozorda o‘rtacha narxi 9000 aqsh dollari bu vaziyatda qanday kelishuv bo‘ladi mashinaga narxni men beramanmi yoki tuzilgan bay buzuladimi yoki savdo qilib sotamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mashina sizning mulkingiz. Uning pulini to‘liq to‘lab bo‘lgan bo‘lsangiz, endi uni qanday narxda sotish o‘z ixtiyoringizda. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 07:52 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar