Oiladagi odob xaqida
Assalomu alaykum Shayx hazratlar!Men oilada katta nabiraman!Asli vodiydanma. Bizda dinga katta etibor beriladi. Masalan oddiy masjidga bosh kiyimsiz kirishga ruxsat berilmaydi. Bobom namozhon inson bo‘ganlar (Allox raxmatiga olsin)! Bolaligim shu bobomni uylarida o‘tgan. Shu oilada menga uni qilma gunox bo‘ladi, buni qilma gunox bo‘ladi, Alloxini bil deb takidlab kelishadi! Nima uchun uni qilmay nima uchun buni qilmay degan savollarim ko‘pincha jovobsiz qolgan! (balki o‘zlari ham bilishmas! Ularga ham shunday o‘rgatishgandir). Xozir vaqitda uylanadigan yoshga keldim. Menga amakilarim uylangandan keyin Hech qachon hotininga "ket, yo‘qol, taloqsan" degan so‘zlarni tilinga olma deb uqtirishyapti. Ularga taloq nima deganimda Ular menga agar toloq desan hotining senga harom isoblanadi deyishga.Mendan bir rus guruxida o‘qiydigan do‘stim taloqni tushintirib berishimni so‘radi. Men unga amakilarim menga aytganday tushintirdim. Lekin to‘liq tushinmaganim uchun keyin nima deyishni bilmay qoldi. O‘zim hijolat bo‘ldim.1. Shunday holatga tushmaslik uchun Qaysi kitoblarni o‘qishni tavsiya etasi? 2. Taloq nima degani shu haqda to‘liq ma‘lumot bersangiz?3. Uylanadigan yigitga qanday tavsiyalaringiz bor!Javoblaringiz uchun oldindan raxmatAllox sizdan rozi bo‘lsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
QO‘ShIMChA MA’LUMOTLARTaloq bobida ko‘pchilik bilishi lozim bo‘lgan ba’zi tushunchalar «Muxtasari Viqoya»da kelmagani ayon bo‘lganidan keyin ularni ushbu qo‘shimchada keltirishni maq-sadga muvofiq deb bildik. Alloh taolo foydali qilsin!Taloq ikki qismga bo‘linadi: Raj’iy taloq va Boin taloq.1. Raj’iy taloq. Haqiqiy duxul–jinsiy yaqinlikdan keyin, ochiq-oydin lafz bilan qilingan, turli sifatlarni qo‘shmay kinoya lafzi bilan qilingan va hokimning hukmi ila nafaqa bermaslik va iylo sababidan qilingan bir yoki ikki taloq raj’iy taloq bo‘ladi. Bunday taloqdan keyin er taloq qilingan xotinni o‘z nikohiga iddasi ichida, agar xotin rozi bo‘lmasa ham qaytarib olish haqiga ega. Buning uchun er, xotinimni o‘zimga qaytarib oldim yoki xotinimni nikohimda ushlab qoldim, desa kifoya qiladi. Yangitdan mahr berish, aqdi nikoh qilishning hojati yo‘q.Eng muhim shart, qaytish xotinning iddasi chiqmay turib bo‘lishi kerak. Agar idda chiqquncha qaytmasa, taloq boinga aylanib qoladi. Unda yangitdan aqdi nikoh qilish zarur bo‘ladi.2. Boin taloq. Bu xildagi taloq ikkiga bo‘linadi:A) Kichik boin.B) Katta boin.Kichik boin taloq–aqdi nikohdan keyin jinsiy yaqinlik qilmay turib, kinoya lafzlariga shiddat, qattiq, katta kabi vasflarni qo‘shib qilingan, xotin tomonidan berilgan mol evaziga qilingan, qozi tomonidan iylo va nafaqa bermaslikdan boshqa erdagi ayb, kelishmovchilik kabi sabablarga ko‘ra qilingan bir yoki ikki taloqdir. Shuningdek, idda chiqqanidan keyin raj’iy taloq ham boin taloqqa aylanib qoladi.Boin taloqdan keyin eru xotin ajrashgan hisoblanadi. Shuning uchun, boin taloq qilgan er o‘sha xotin bilan birga turmasligi, begona kabi bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bu taloq bir yoki ikki dona bo‘lsa, erning uch taloq haqqi bir yoki ikki adadga qisqaradi. Kichik boin taloqdan keyin er yoki xotin vafot etsa bir-biridan meros ola bilmaydilar. Chunki, oralaridagi nikoh uzilgan bo‘ladi.Katta boin taloq uch taloqdir. Bu taloqdan keyin nikoh mulki tugaydi, xotin erga muvaqqat harom bo‘ladi. Ularning orasida iddadan boshqa hech narsa qolmaydi. Xotin iddasi chiqqanidan keyin bosh-qa erga sahih nikoh ila tegib, ular to‘laqonli er-xotin bo‘lib yashab, ikkinchi er vafot etib yoki taloq qilib, ayolning iddasi chiqqanidan so‘ng yana birinchi erga halol bo‘ladi. Xohlasa yangidan nikohlanishlari mumkin. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh mening ummatimdan o‘ziga o‘zi, ichida gapirganini, modomiki talaffuz qilib aytmasa yoki amalga oshirmasa, kechib yubordi», dedilar».Beshovlari rivoyat qilishgan.Ushbu hadisi sharifga binoan, birov ichida xotinimni taloq qildim, desa taloq tushmaydi. Ammo ovoz chiqarib aytsa taloq bo‘ladi. Bir kishi o‘z xotiniga: sen taloqsan, desa taloq tushadi. Undan: nimaga, nima niyatda bu gapni aytding, deb so‘rab o‘ti-rilmaydi.Shuningdek, gapira olmaydigan odam ishora bilan taloq qilsa ham, talog‘i tushadi.Xat yozish yo‘li bilan taloq qilsa ham, tushadi. Birovni xabarchi qilib yuborib, o‘sha orqali taloq xabarini etkazsa ham, taloq tushadi.Shuning uchun bu narsada juda ham ehtiyot bo‘lishi kerak.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Uch narsaning jiddiysi ham jiddiy, hazili ham jiddiy; nikohning, taloqning va raj’atning», dedilar». Abu Dovud, Termiziy va Hokim rivoyat qilgan.Oralarida nikoh to‘g‘ri bo‘ladigan shaxslar hazillashib aqdi nikoh qilsalar nikoh sobit bo‘ladi. Xuddi shuningdek, hazillashib qilin-gan taloq ham tushadi. Xotinini bir yoki ikki raj’iy taloq qilib yurgan odam idda ichida, seni o‘zim-ga qaytarib oldim, desa, raj’at–qaytish ham sobit bo‘ladi. Chunki, bu hollarda o‘zi bilib turib, qasd qilib aytgan bo‘ladi. Islom hayotga, xususan, oilaviy hayotga o‘ta jiddiyat bilan qaraydi. Er-xotin orasidagi nikoh aloqasini muqaddas aloqa sifatida ko‘radi. Muqaddas narsalarni hazil-huzulga aylantirish esa umuman mumkin emas. Hazil qiladigan bo‘lsa, kelib-kelib eng muqaddas aloqalardan biri bilan hazillashadimi? Bir ayolning begona bir erkakka halol bo‘lishi oson narsa ekanmi? Alloh taolo «Baqara» surasida taloq hukmini bayon qiluvchi oyatlardan birida «Allohning oyatlarini hazil qilib olmang», degan. Bundan, nikoh, taloq masalasi Allohning oyati ekanligi ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Islom Allohning oyatlarining hazil, o‘yin-kulgi holiga tushib qolishini hech xohlamaydi. Musulmon kishi hayotga jiddiy qara-sin. O‘zining oilasini o‘zi o‘yinchoq qilib qo‘ymasin. O‘z xotini bilan bo‘lgan, ikki bir-biriga harom shaxsni halol qilgan nikoh aloqasini o‘yinchoq qilgan odam har qanday jazoga loyiq. Uning talog‘ini tushishi ham joizdir.Lekin hazil qilmay, xato qilib, boshqa so‘zni aytmoqchi bo‘lib turib, tiliga bexosdan taloq so‘zi kelib qolsa, taloq tushmaydi.XULOSAAgar yuqorida zikr qilingan shar’iy ko‘rsatmalarga amal qiladigan bo‘lsak, taloq degan narsa jamiyatimizda faqatgina istisno tariqasida mumkin bo‘ladi, xolos.Buning uchun yoshlarimizni oilaviy hayot haqidagi tarbiyasini yuqori saviyaga ko‘tarishimiz kerak bo‘ladi. Yigit-qizlarni kuyov va kelin bo‘lishga faqat moddiy va jismoniy tomondan emas, balki ma’naviy va ruhiy-axloqiy tarafdan ham to‘g‘ri tarbiyalash payidan bo‘lmog‘imiz lozim.Oila qurishga tayyorgarlik ko‘rayotgan yigit qizlar faqat kiyim-kechak, uy an-jomlari va to‘y sarflari bilan ovora bo‘lib qolmasdan kelin-kuyovlik odoblari, mas’uliyat va majburiyatlarini ham il-miy asosda o‘rganib, ularni oilaviy hayotlariga tatbiq qilishga shay bo‘lsinlar.Umr yo‘ldoshini tanlashda shoshilmas-dan, etti o‘lchab bir kesish qoidasiga amal qilib, o‘ziga munosib jufti halolni tan-lashga harakat qilsinlar.To‘ydan keyin er-xotinlarning oila-dagi vazifa va haqlarini yaxshilab anglab etib, har kim o‘zi vazifasini sidqidildan ado etishga harakat qilsin.Ikki taraf bir-birini hurmat qilgan holda o‘zaro totuvlik ila yashash payidan bo‘lsinlar. Bu ishda oiladagi kattalar yoshlarga o‘rnak va nasihatchi bo‘lishlari lozim.Taloq degan so‘zni oddiy holatda ay-tishni ham o‘zlariga ep ko‘rmasinlar. Orada kelishmovchilik paydo bo‘lsa, sabr ila yaxshilik bilan hal etishga o‘tsinlar.Erkaklar taloq so‘zini og‘izlariga ol-maslikka harakat qilsinlar. Bu ularning erkaklik vazifasi ekanini zinhor unut-masinlar.Oilalarimizning mustahkam bo‘lishi uchun harakat qilaylik.
27 May 2022, 06:00 | Savol-javoblar | 194 | Ruhiy tarbiya