Usullaridan foydalansak joizmi?
Assalomu alaykum! 1. Tijorat olib borayotgan kishi savdo yaxshi bo‘lishi uchun kompaniyasiga boshqa kompaniyadagi sotuv usulini olib kirsa bo‘ladimi, ya’ni raqobatchilarni kuzatgan holda ulardan g‘oyalarni qarzga olsa bo‘ladimi? Bir tijoratga oid kitobda biznes uchun kerakli g‘oyalar berilgan, o‘ylaymanki ulardan qarz olish joiz, chunki yozuvchi foydalanishga o‘zi ruhsat bergani uchun o‘sha kitobni yozgan. Lekin raqobatchi qo‘llayotgan usuldan foydalanish-chi, bunda joizmi? Masalan, bir kompaniya sotuvlarni oshirish uchun restoraniga kelgan xaridorga keyingi safar kelganda 10% chegirma bo‘ladigan vaucher taqdim qildi. Bu usuldan boshqa bir raqobatchi foydalanishi joizmi? 2. Va bu holat umumiy bo‘lishi ham mumkin. Ya’ni sotuv strategiyasining shablon varianti umumiy bo‘lishi. Aytaylik, xuddi kostum-shim, kepkalar va boshqalarga o‘xshab. Ya’ni bu g‘oya faqatgina bitta kompaniyaga tegishli emas, umumiy kompaniyalarga tegishli bo‘lishi ham mumkin. Bu holatda-chi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha uslublarni qonuniy ravishda o‘zlariniki qilib olmagan bo‘lsalar, ulardan foydalanishning zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 174 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha uslublarni qonuniy ravishda o‘zlariniki qilib olmagan bo‘lsalar, ulardan foydalanishning zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 174 | Moliya va tijorat