Boshqa dindagilarning savol-javobi
Assalomu alaykum! Dunyoda ko‘pgina dinlar mavjud va mana shu dinga sig‘inadigan insonlar u dunyoga borgan ularning savol javobi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohning huzuridagi qabul bo‘ladigan din faqat Islom dinidir. Alloh taolo "Oli Imron" surasida marhamat qiladi: إِنَّ الدِّينَ عِندَ اللّهِ الإِسْلاَمُ وَمَا اخْتَلَفَ الَّذِينَ أُوْتُواْ الْكِتَابَ إِلاَّ مِن بَعْدِ مَا جَاءهُمُ الْعِلْمُ بَغْيًا بَيْنَهُمْ وَمَن يَكْفُرْ بِآيَاتِ اللّهِ فَإِنَّ اللّهِ سَرِيعُ الْحِسَابِ 19. Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir. Kitob berilganlar faqat ularga ilm kelganidan so‘ng o‘zaro qilibgina ixtilof qildilar. Kim Allohning oyatlariga kufr keltirsa, bas, albatta, Alloh o‘ta tez hisob qiluvchidir.
Ibodatga sazovorlik yagona Zotga xos bo‘lganidan keyin din yuritish ham yagona Zotning ishi bo‘lishi kerak-da. O‘sha Zotga sig‘inish, Uning amrlariga bo‘ysunib, aytganlarini qilib yashash uslubi ham bir xil bo‘lishi kerak. Shu boisdan:
«Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir».
Allohning huzurida Islomdan boshqa din yo‘q. Yahudiy, nasroniy, buddiy yoki yana boshqa har xil dinlar Allohning huzurida e’tiborini yo‘qotgan dinlardir. Ularga e’tiqod va amal qilganlar behuda yuribdilar.
Dunyoda Alloh yagona bo‘lganidan keyin aqiyda ham yagona bo‘lishi kerak. U Islom aqiydasidir.
Dunyoda Alloh yagona bo‘lganidan keyin shariat ham yagona bo‘lishi kerak. U Islom shariatidir.
Dunyoda Alloh yagona bo‘lganidan keyin din ham yagona bo‘lishi kerak. U Islom dinidir.
Islom bandalarning faqat Allohga to‘liq bo‘ysunishidir.
Islom bandalarning faqat Alloh taologa to‘liq ibodat qilishidir.
Islom bandalarning faqat Alloh taolo ko‘rsatgan yo‘ldan yurishidir.
Islom bandalarning faqat Alloh taoloni ibodatga sazovor yagona Zot deb tan olishidir.
Islom bandalarning faqat Alloh taoloni o‘zlari ustidan yagona qoim turuvchi deb tan olishlaridir.
Musulmonlardan boshqalar bu haqiqatni tushunib etmaydilar, ixtilof qiladilar. Ularning ixtiloflari sababini kelasi jumla bayon qilib beradi:
«Kitob berilganlar faqat ularga ilm kelganidan so‘ng o‘zaro zulmu hasad qilibgina ixtilof qildilar».
Ahli kitobning kelishmovchiligi ilmsizlikdan, johillikdan emas. Ularga Alloh tomonidan ilm kelgan edi. Ular Allohning yagonaligini, ibodatga sazovorlikda ham yagonaligini, bandalarning vazifasi nimadan iborat ekanini yaxshi bilar edilar. Bilib turib, ixtilof qildilar.
Yahudiylik va masihiylik tarixini o‘rgangan olimlar, hatto ularning o‘z millatlaridan bo‘lgan tarixchilar ilmiy bahslardan so‘ng shuni e’tirof etishganki, bu ikki diyonatdagi ixtiloflar va mazhablarning kelib chiqishiga doir siyosiy tortishuvlar o‘zaro hasad va siyosiy nufuzni oshirish maqsadida qilingan harakatlarning natijasidir. Demak, ular bu buzg‘unchiliklarni bilib turib, qasddan qilganlar. Shu boisdan ham:
«Kim Allohning oyatlariga kufr keltirsa, bas, albatta, Alloh o‘ta tez hisob qiluvchidir», – deyilmoqda.
Ahli kitobning o‘zaro hasad va dushmanlik tufayli ixtilof qilishlari «Allohning oyatlariga kufr keltirish» deb baholanmoqda. Kufr keltirganlarga esa hisobni tez qiluvchi sifatiga ega bo‘lgan Alloh tezda jazosini beradi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 06:50 | Savol-javoblar | 166 | Islam