Xolamga o‘g‘il bo‘la olamanmi?
Assalomu aleykum! Savolim uzunroq bo‘lganligi uchun oldindan uzur so‘rayman. Savol: Alhamdulillah namozdaman, yoshim 28 da. Oyimni singillari (xolam) borlar yoshi 40 dan oshgan. Judayam yaxshi, din-diyonatli ayollar. Turmushlari farzand ko‘ra olmasliklari uchun o‘xshamagan. Keyin yana tug‘masliklarini aytgan holda turmushga chiqdilar. Vaqt o‘tib o‘gay o‘g‘il va erni deb turmushi yana buzuldi. Endi turmushga chiqmaslikga qaror qilganlar. Hamma qarindoshlarimiz uni judayam yaxshi ko‘rishadi. Biz jiyanlari unga huddi ikkinchi onamizdey hurmat qilamiz. Oyimni bitta ukasi bor, uni ham faqat bitta o‘g‘li bor. Xolam ota uyida turishga ham kelindan va aybsiz bo‘la turib turmushi o‘xshamay qolgani uchun gap so‘zlardan hijolat bo‘ladilar. Man uylanganman, oilada katta o‘g‘ilman (Allohga shukur uchta aka-ukamiz). Ro‘zg‘orimni bo‘lak qilib yangi uyga ko‘chib o‘tganimda xolamni o‘zim bilan yangi uyga olib o‘tib unga farzandlik mehrini berish va uni farzandi yo‘qligini unutib baxtli yashashiga hissa qo‘shish niyatim bor. Bu haqida onamdan, xolamni o‘zidan va ayolimdan so‘raganimda ular rozi bo‘lishgan. Agar shunday qilsam o‘zim ham judayam hursand bo‘lar edim. Bu ishim to‘g‘rimi, nima qilay? Xolam menga nomahram hisoblanmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda holaning martabasi juda ulug‘dir. Hadisi sharifda vorid bo‘lganidek, xola ona kabidir.عَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عن رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أنّه قَالَ : الْخَالَةُ بِمَنْزِلَةِ الْأُمِّ . رواه أبو داود Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xola ona o‘rnidadir” dedilar.
Abu Dovud rivoyati.
Ya’ni, hurmat-izzat ko‘rsatish, yaxshilik qilishda xola huddi onadekdir. Farzandni qaramog‘iga olishga haqdorlar ichida xola ham alohida sanab o‘tilgan. Bu esa farzand uchun uning darajasi naqadar balandligini bildiradi. عَنْ ابْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَجُلًا أَتَى النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ، إِنِّي أَصَبْتُ ذَنْبًا عَظِيمًا فَهَلْ لِي تَوْبَةٌ؟ قَالَ: هَلْ لَكَ مِنْ أُمٍّ؟ قَالَ: لَا، قَالَ: هَلْ لَكَ مِنْ خَالَةٍ؟ قَالَ: نَعَمْ، قَالَ: فَبِرَّهَا. رواه الترمذي Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib dedi: “Ey Allohning Rasuli, men ulkan gunohga qo‘l urib qo‘ydim. Men uchun tavba(ga imkon) bormi?” Aytdilar: “Onang bormi?” U: “Yo‘q” dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Xolang bormi?” dedilar. U: “Ha” dedi. Shunda U zotda sollallohu alayhi vasallam: “Unga yaxshilik qil” dedilar.
Termiziy rivoyati.
Demak, inson nafsiga mag‘lub bo‘lib, biror gunohga qo‘l ursa, darhol tavbaga va solih amallar qilishga shoshilishi darkor. Ota-onaning xizmatini ado qilish, ularning roziligini olish kishini gunohlardan poklaydi. Onaga yaxshilik qilish gunohlarning kechirilishiga sabab bo‘lganidek, xolaga yaxshilik ham gunohlarning afv etilishiga sababdir.
Shuningdek, xolangiz siz va sizning farzandlaringiz uchun mahramdir. Ular bilan bir uyda yashash joiz. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 08:45 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush