Jiyanlarga zakot berish

Assalomu alaykum! 2 jiyan qarindoshlarim bor. Ularni otalari ichkilik ichib turuvchi va zakotga qodirmas oilalar, jiyanlarim esa pulni yaxshi tasarruf qila olishmaydi. Uy-joylari ta’mirga muhtoj. Men zakotimni niyat qilib ajratib chiqarib ukamni qo‘liga topshirib qo‘ysam va 1, 2 yil  ajratilgan zakot pullari bilan uy-joylarini ta’mirlab bersam bo‘ladimi? Ya’ni zakotimni ukamni qo‘lida yig‘sam ta’mirlash xarajatlari to‘planguncha.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Avval ta’mirlaydigan narsalarni sotib olib, qo‘llariga mulk qilib berishingiz kerak. Usta haqqini esa, jiyanlaringiz qo‘liga zakot deb berasiz, ular qarzlarini to‘lashi mumkin. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar