Qur’ondagi qavm

Assalomu alaykum! Hurmatli   ustozlar. 50-sura 14-oyat. Va daraxtzor egalari va Tubba’ qavmi — barchalari Payg‘ambarlarni yolg‘onga chiqarganlar. Bas, (azob) va’dam haq bo‘ldi.
Ushbu oyatda daraxtzor egalari xamda Tubba’ kavmi xakida malumotlar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mufassirlarning zikr qilishlaricha Tubba’, Yaman podishoxlaridan biri bo‘lgan. Avvalda mushrik bo‘lib, so‘ng Islomga kirgan. Muso alayhissalomning shariatlarida ibodat qilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishi haqida solih inson bo‘lganmi yoki yo‘qligida bir to‘xtamga kelmaganlar.  So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiy nozil bo‘lib, solihlardan ekanligi ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Tubba’ni xaqoratlamanglar, u Islomga kirgan bo‘lgan” deganlar. Ahmad rivoyati. Daraxtzor egalari Shu’ayb alayhissalomning qavmlari bo‘lib, ularning tarozidan urib qolish odatlari bo‘lgan. Shu’ayb alayhissalom ularni to‘g‘ri yo‘lga chaqirishda uzoq yillar davom etganlar. Oxir oqibat Shu’ayb alayhissalom ularning haqqiga duoibat qilganlar. Qattiq issiqqa duchor bo‘lib, ularni suv qoniqtirmas va biror bir soya o‘z panasiga olmasdi. Uzoqdan bir bulutni ko‘rib, uning ostiga shoshilganlar. Barchasi uning ostida to‘planganlarida bulutdan cho‘g‘ va olov parchalari yog‘ilgan. (Qisosul Qur’an). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:36 | Savol-javoblar | 184 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar