Qarindoshchilikni uzish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir savolim bor edi. Toshkentda bizning qarindoshlarimiz unchalik xam ko‘p emas. Xolamlar bizga yaqin joyda istiqomat qiladi. Lekin dadam ular bilan doim aloqani uzishni bizga buyuradi. «Tarbiyamizni buzishi mumkin»degan bahona bilan. Xolamning uyi bizning uyimizdan 600-700 metr uzoqlikda joylashgan. Oyim xar doim ularnikiga mehmonga bormoqchi bo‘lsalar, dadam uzoq qiynab, so‘ng norozi bo‘lib «borib kelaveringlar» deb bizni barchamizni kayfiyatimizni yo‘q qiladi. Men nima qilishni bilmay turibman. Silai rahmni qilish kerak, deb o‘qiganman. Aytingchi, oyim xolamnikiga necha marotaba borsalar bo‘ladi? Barchasida dadamdan ruxsat so‘rashga majburmi? Agar oyimning boshqa qarindoshlari Jizzaxda joylashgan bo‘lsa, ularnikiga borishga imkoniyat bo‘lavermasa, xolamnikiga borsa bo‘ladimi? Dadamni o‘rniga katta o‘g‘il sifatida men ruxsat bersam bo‘ladimi? Men aloqalarni tiklashga xarakat qilayapman. Axir Allohning O‘zi bizga qarindoshchilikni uzmanglar degan. Ota-onaga Islomga to‘g‘ri kelmaydigan shart va vasiyat qilishsa itoat qilmasa bo‘ladi deb eshitganman. Shu ishda xam shunday qilsa bo‘ladimi? Maslaxatingiz uchun oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Onangiz dadangizni ruxsati bilan ish tutishi zarur. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar