Oila haqida
Assalomu alaykum! Ota ona farzandlarini ham moddiy ham manaviy tarafdan birday ko‘rish kerak deyilgan. Uch farzand, bir o‘g‘il va ikki qiz, kattasi o‘g‘il ikkinch qizim turmushga chiqib ketgan, o‘g‘limga moli dunyoim qoladi, qizimni ham yaxshi qilib uzatganman. Endi bor mol mulkimni bo‘lishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farzandlaringizni rozi qilib, tirikligingizda hamma narsani xohlagan farzandingizga hadiya qilishingiz mumkin. Ammo o‘zingiz o‘sha mulkni o‘sha farzandga “mendan keyin senga” degan so‘z bilan kifoyalanmay qo‘liga topshirishingiz ham shart. Masalan uyni hadya qilmoqchi bo‘lsangiz, uydan tashqariga chiqib: “O‘g‘lim mana bu uy senga hadya, qabul qilib ol” deysiz. Keyin o‘g‘lingizni uyida, barcha javobgarlik va oxiratdagi hisob kitob ishlarini unga yuklab, yashayverasiz. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush