Pora
Assalomu alaykum xazrat!Xazrat, savolni kanday berishni xam bilmayman. Boshim kotib kolgan, kimdan yordam surashni xam bilmayman... Men kulimdan kelgancha Islom ta’limotlariga, shariat buyurgan amallarni bajarishga xarakat kilamanu ammo uyimdagilarga gap-suzim utmaydi. Noshariy ishni bilsam, kursam kulimdan kelgancha vaz-nasixat kilaman, kitob va sunnatga xilof bulsa buni tushuntirishga xarakat kilaman. Ammo gaplarimni xech kim inobatga olmaydi yoki bilib turib ba’zi masalalarni mendan yashirishadi. Na onam, na shariatdan xabari bor, namoz ukiydigan akam men bilan umuman maslaxat kilishmaydi... Yodingizdami yukmi bilmayman bundan 5-6 yil avval bir masalada sizga telefon orkali Kredit masalasida murojaat kilgan edim. Sababi Onamlarga kredit olish xaromligi, shariat nuktai nazaridan musulmonlar bunday kilmasliklarini, natiyjasi nixoyatda ogir yakun topishini kanchalik tushuntirsakda bizga ishonmasdilar... Shunda ularni siz bilan aloka kildirganmiz. Siz ushanda kreditni olmagan afzal, uni xunuk okibatlari xakida onamlarga tushuntirib bergan edingiz. Ming afsuslar bulsinki onamlar kreditni bari-bir olgan ekanlar. Biz bu narsadan bexabar kolib ketganmiz...Va bu kredit xozirgacha bizni boshimizga soya solib boshimiz karzdan chikmaydigan bulib kolgan. Xar oyda falon summada % tulab boramiz... Oilamizda, ishimizda, eb-ichishimizda, turishimizda, borish-kelishimizda va achinarlisi ibodatimizda xalovat yuk, baraka yuk. Savolga kelsak...Ogzi kuygan katikni xam puflab ichadi deyishadi...Ammo, ming afsus bulsinki uyimdagilar mazkur xikmatli gapga umuman e’tibor xam berishmaydi. Yakinda bir narsani bilib koldim..Onamlar bir ishga aralashib kuyganlar. Unda Arok zavodida ishlaydigan boshlikni kandaydir katta korxonaga raxbar kilish uchun shu ishni ketidan yugurib xokimlarni eshigini takillatib yuribdilar. Korxonaga raxbar bulish istagida yurgan odam esa buni evaziga katta mikdorda pul mukofoti berishni va’da beryapti. Buni onamlarga xarchand xarom ish ekanligini, yana buni ustiga arok ishlab chikaruvchi odamni ishini bitirib berish katta gunox ekanligini, oilamiz boshiga la’natlar yogilishini kanchalik xunob bulib tushuntirmay men bilan keskin tarzda muomala kilishadi, bu ishni natiyjasini mendan yashirishyapti. Alam kilgani esa shariatdan yaxshigina xabari bor tugishgan akam bunga mutlako karshi chikayotgani xam yuk balki bu ishga rozilik berib xas-pushlab bel boglab turibdi. Xarom ishdan kaytarmayapti. Kattalarga bu ish yuzasidan murojaat kilay desam meni kullab kuvvatlab turadigan otam vafot etib ketgan. Bobolarimga borib arz kilay desam ular anik onamni kullab kuvvatlab turishadi yoki akllari etmaganidan meni jerikib yosh bula turib onangni ishiga aralashma deb tanbex berib kuyishadi... Nima kilishim kerak endi? Axvolimiz bir oz bulsada yaxshilanib kelayotganda dunyo ketidan yugurib, Alloxdan xalol rizk talab kilish urniga dinimizga xilof ishlarni orkasidan yugurib yuradigan yakinlarimga gapim utmasa nima kilishim kerak? Uydan chikib ketib kayokka bulsa xam bosh olib ketay desam muminga xos ish bulmaydi...Xullas xazrat nima kilishga xam xayronman...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘zingizga ehtiyot bo‘ling, yaqinlarga tushuntirishga harakat qilavering.
2 May 2022, 07:45 | Savol-javoblar | 178 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘zingizga ehtiyot bo‘ling, yaqinlarga tushuntirishga harakat qilavering.
2 May 2022, 07:45 | Savol-javoblar | 178 | Halol va harom