Balg‘am bilan ovqat

Assalomu alaykum! Balg‘am tashlaganda ovqat bilan chiqsa taxorat ketadi deb o‘qidim. Agar yaqinda egan taomining qoldiqlaridan ozginasi balg‘amga aralashib chiqsa xammi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Balg‘am tashlaganda unga taom qo‘shilib chiqmasa tahorat buzilmaydi. Agar unga taom aralashgan bo‘lsa qaysi biri ko‘proq ekaniga qaraladi. Agar taom ko‘proq bo‘lsa va u yakka holda og‘izni to‘ldiradigan darajada ko‘p bo‘lsa, tahorat sinadi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 08:56 | Savol-javoblar | 143 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar