Bir qancha savollarim

Assalomu alaykum! 1. Ingliz tilini bilaman, yanagi yili, Xudoxohlasa chet elda (musulmon bo‘lmagan o‘lka) Xalqaro Biznes va Menejment yo‘nalishida ta’lim olish niyatidaman. Shu sohada o‘qisam bo‘laveradimi? 2. Nima biznes qilsam, musulmonlarga foydam tegadi? 3. Tohir Malikning "Odamiylik Muki" (210-bet) kitobida bir hadisni o‘qib qoldim, unda yozilishicha, payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday degan ekanlar: "Ilm olish uchun hatto Chin mamlakatiga ham boringlar" deyishgan ekan. Ilm olmoqchi bo‘lsalaring, uzoqda bo‘lsa ham o‘rganinglar deyishmoqchimi, yo butparastlar shahri bo‘lsa hammi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Avval diningizni yaxshilab o‘rganib oling, halol va haromni ajratib oling. Keyin borib taqvo va ixlos bilan o‘qing. Sohaning etuk mutaxassisi bo‘litshga harakat qiling.2). Musulmonlarga va umuman xalqga foydasi bo‘ladigan ish qiling.3). Qaerda bo‘lsa ham foydali bo‘lgan ilm olinaveradi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 08:56 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar