Onam ishlashi kerakmi?
Assalomu alaykum! Meni onam hozirda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi men ham ishlayman lekin otam ishlamaydi. Hozir onamni ozgina mazalari yuq man o‘qishga chet elga ketaman yaqinda. Masala shundaki Onam ishlamoqchi emas nomozlarini joyiga qo‘yib uyda utirmoqchilar lekin xudo man tomondan risqimizni beryapti risq kelayotgan joyni tashlab ketmaslik kerak man ishlamasam san ketsang biz nima qilamiz degan fikrdala. Man Alloh beradi risqimizni. Agar siz ishlamasangiz oilamizda baraka boladi degan fikrdaman shunga nima deysiz. Onam risqimiz kelayotgan joyni tashlab uyda nomozlarini yaxshilab ado etganlari joizmi yoki risqimiz kelayotgan joyda ishlab turganlari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jamiyatga va musulmonlarga manfaati etib turgan, salomatliklari ko‘tarsa va ibodatlari o‘z vaqtida bo‘lib tursa ishlaganlari ham yaxshi. Kunlik eydigan rizq Alloh taoloning zimmasida bo‘ladi. Onam va men ishlamasam rizq kelmay och qoladi degan fikrdan uzoqda bo‘ling. Ota oilani boqishi farz, uzrsiz ishsiz o‘tirib ayoli topganiga yashash xato, agar kasal ishlay olmaydigan bo‘lsa bu uzrli. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush