Qayta hisoblash
Assalomu alaykum! Man reklama bo‘yicha xizmat ko‘rsatish korxonasida yuristman. Ismim Komiljon! Biz mijozlarga reklama joylashtirib beramiz. Sotuvda reklamani turli paketlar bo‘yicha sotamiz, yani 3 oylik paket, 6 oylik paket, 1 yillik paketlar, mijoz qancha uzoq muddatli paket olsa, narx shunga qarab arzonlashib boraveradi, yani 3 oylik paket har oyiga 20 mlndan bo‘lsa, 6 oylik paketda har oyga 10 mln, 12 oylik paketda har oyiga 5 mln so‘mdan to‘lov qilishi kerak. Mijoz bilan peregovor qilinganda ushbu paketlar taqdim etiladi, u esa o‘z o‘zidan 12 oylik paketni tanlaydi. Sababi ham arzon, ham 12 oy ishlaydi. Lekin shartnomamizda bitta punkt bor, agar mijoz 12 oylik paketni olsa, uni 12 oy ishlamasdan oldinroq masalan 4 oyda, 5 oyda bekor qilsa, u usha 12 oylik paketni pulini yani shartnomani umumiy qiymatini to‘lashi kerak. Yana ham oddiy tushuntirsam, 5 mlndan 12 oyga ishlasa 60 mln tulashi kerak, agar 4 oyda shartnomani bekor qilsa aslida 20 mln tulashi kerak, lekin biz shartnomada 60 mln tulashi kerak deb kursatganmiz. Mijozlar buni bazilari o‘qiydi bazilari o‘qimaydi va imzo chekadi, keyin qanchadir payt maslan 5 oy, 6 oy, yoki bazilar 1 oy ham o‘tib mijoz reklamadan kutilgan effektni olmay reklamani to‘xtatish to‘g‘risida bizga muroajat qiladi, biz shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, shartnoma to‘liq summasini to‘lashing kerak deb mijozga aytamiz, keyin u bilan sudlashamiz. Savolim shundan iboratki, 1.shunday mazmunda shartnoma tuzish mumkinmi? 2.Shariat yuzasidan Shartnoma tuzishdan oldin, mijozga og‘zaki ravishda shartnoma shartlarini batafsil tushuntirishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Shartnomangiz matnini ko‘rib chiqmasdan hukm ayta olmaymiz. Umumiy qoidaga ko‘ra ijarachi e’tiborli uzr tufayli shartnomani muddatidan avval bekor qilishi mumkin. 2). Bitim tuzishda ikki taraf barcha shartlar bilan to‘liq tanishib chiqishi shart. Bu og‘zaki yoki yozma ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 135 | Halol va harom