Taxoratimdagi masalalar

Assalomu alaykum! 1. Bavl qilgandan so‘ng zakarni paxta bilan artsa makruhlik yo‘qmi? 2. Bavldan so‘ng bavli tomib turuvchi kishi zakarini ichiga paxta tiqib qo‘ysa va tomadigan bavl paxtadan tashqariga chiqmasa, shu paxtani olib tashlamasdan ham tahorat olsa bo‘ladimi? Tahoratdan so‘ng biroz vaqtlar o‘tib paxta olib tashlansa, tahorat sinadimi? 3. Oquvchi suv xar qanday xolatda ham nopoklikni ko‘tarmaydimi? Masalan, ariqda oqib turgan suv loyqa bo‘lsa ham, biron najosatni hidi, ta’mi yo‘q bo‘lsa ham tahorat va g‘uslga ishlatilaveriladimi? 4. 1,5×1×1,5m o‘lchamdagi hovuzga qancha miqdor najosat tushsa, suv janobatdan poklanishga yaramaydi? Alloh siz-u bizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tahoratdan oldin tiqib olsa o‘sha paxtadan siydik tashqariga chiqqunicha yoki o‘zi olib tashlamagunicha o‘sha sabab tahorat sinmaydi.3). Ha. 4). Qancha tushsa ham uni najosat qiladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 179 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar