Namozga masjidga chiqmay vaqtni tejab ilm olish

Assalomu alaykum! Men hozirda bomdod va xufton namozlariga masjidga chiqayapman alhamdulillah. Lekin xufton namozi misolida masjidga borish va qaytish, namozga ketgan vaqt hammasi bo‘lib 1 soatni tashkil qilyapti. Agar uyda onam ikkimiz jamoat bo‘lib o‘qisak ko‘pi bilan 20 daqiqa ketadi xolos. Agar masjidga chiqmay tejalgan 40 daqiqa vaqtga o‘zim uchun o‘ta mauhim bo‘lgan ilmlardan birortasini o‘rgansam qaysi birining savobi kattaroq va qay biri afzalroq? Lekin o‘zim uchun foydali deyayotgan ilmlarimni ham o‘zim ko‘zlagan darajamgacha o‘rganadigan bo‘lsam faqat men emas balki juda ko‘pchilik musulmonlar ham bundan ozmi ko‘pmi foyda topishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uyda ikki kishi bo‘lib namoz o‘qilsa, bu ham jamoat bo‘ladi. Ammo masjidda jamoat bo‘lganni savobini topolmaysiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 215 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar