Mayyit yuvish
Assalomu alaykum! 1. Doimo sog‘ salomat bo‘linglar. O‘tgan yili meni tog‘am olamdan o‘tdilar. Mayyitni yuvgani kirganimizda yuvish uchun tayyorlangan ilitilgan suvga bir yaqin akamiz zam zam suvidan ozgina qo‘shdilar. Buni ko‘rgan boshqa tanishimiz mayyitni zam zam suvi qo‘shilgan suvda yuvish gunox deb bu suvni bekor qildilar. Va biz boshqa suv ilitib olib kelgunimizcha ancha vaqt o‘tib ketdi. Shu xolatda zam zam suvi qo‘shilgan suvda yuvish joiz edimi. Biz taraflarda ko‘prok shunday zam zam suvi qo‘shib mayyitni yuvishmokda. 2. Meni dadamlar xam utganlar. Ularni qabrlariga tanish bo‘lishligi uchun temir materialga ismlarini yozdirib o‘rnatsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Zam-zam suvi bilan mayyitni yuvishda karohiyat yo‘q. Vallohu a’lam!2). Ushbu linkdagi maqolani o‘qing: https://fiqh.uz/maqola/234
14 May 2022, 09:50 | Savol-javoblar | 156 | Islam