Röza

Bizlarni ma‘suliyatli möminlardan qilib yaratgan Alloh subhanahu va taologa hamdu sanolar bölsin! Bu ma‘suliyatlardan bizlarni ogohlantirib ötgan janobi payg‘ambarimiz rosululloh sallallohu alayhi vasallamga durudu salovatlar bölsin! Bugungi kungacha qadrli vaqtlarini ayamasdan Alloh uchun sof islom ta‘limotlarini etkazib kelayotgan olimu-ulamolarimizdan Alloh rozi bölsin va ularni bizlarga davomli qilsin! Qadrli ustoz, ushbu kirib kelayotgan muqaddas ramazon oyi sizga va barcha ahli islomga muborak bölsin! Shu örinda ijozatingiz ila bir savol bermoqchiman. Men yaqinda qornim og‘rib shifoxonaga yotdim, doktorlarni aytishicha menda 12 barmoq ichak yarasi mavjud va bu yara tufayli 2 - 3 yil davomida röza tutish mumkin bölmaydi degan fikrni aytishdi. Bu masalada siz xazratni maslaxatingizga muxtojman. Oldindan raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqa doktorlarga ham ko‘rsating, ular ham shu gapni aytsa, hozir tutmay, tuzalganingizda qazosini tutib berasiz.

2 May 2022, 11:20 | Savol-javoblar | 145 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar