Universitet Grant pulini qaytib to‘lash

Assalamu alaykum! Men shu yili Toshkent shahridagi INHA Universitetini bitiraman Xudo xohlasa. Universitetda 4 yil to‘liq grant asosida o‘qiganim uchun bitirgandan keyin 5 yil davomida Axborot va Kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligida ishlab berishim kerak. Yoki agar ishlashdan bosh tortsam, 4 yillik kontrakt + 4 yillik markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasi(14%) qo‘shib kontrakt pulini qaytib to‘lashim kerak ekan. Shu holatda markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasini qo‘shib qaytarib to‘lashim ribomi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yaxlit qilib, shuncha pul bo‘ladi deyishsin va siz o‘sha pulni to‘lang. Vallohu a’lam!

3 Sentabr 2022, 21:02 | Savol-javoblar | 138 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar