10514 savolga qo‘shimcha savol

Assalomu alaykum! So‘ramoqchi bo‘lganim, 10514-savolda: Berganingizni haqqini etaklab kelgan mijozdan undirmasangiz bo‘ldi, ushbu jumlani o‘qib qoldim. Biz ham yaqinda bir tijorat boshlamoqchi edik - manfaatli bo‘ladigan ilm ulashuvchi dasturni. Unda hamkorlik tizimini ham o‘rnatish maqsadimiz bor edi. Ya’ni bizda o‘qishni o‘zi xohlamasa-da, o‘qishni xohlaydigan do‘sti yoki yaqin insoni bo‘lgan kishilar uchun hamkorlik tizimi. Ular bizni do‘stlariga tavsiya qilishadi va do‘stlari bizda o‘qishni boshlashi bilan tavsiya qiluvchiga 10-20% miiqdorida ulush chiqarib beriladi. (tarmoqli marketingdan farqli deb umid qilaman. Chunki rahmatli shayximizning "bozor va unga bog‘liq masalalari" kitoblarida TM ning maqsadi mahsulot sotish emas, piramidani kengaytirish, deb aytib o‘tilgan. Bizda esa asosiy maqsad ilm oluvchilar sonini ko‘paytirish va maqsadimizga yordam berganlarni mukofotlash ma’nosida bu ishni qilmoqchimiz) Yoki shunchaki bir do‘stini olib kelsa, o‘ziga 10-20% chegirma qilib berganimiz ma’qulmi? IELTS ga oid dastur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dalolat qilgani uchun hizmat haqi olishi joiz.  Sizdagi holat ham shunga tushsa joizdir. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:01 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar