Iyd ramazon

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, hozirda ijtimoiy saytlarda Iyd Ramazon haqida ya’ni qachon boshlanishi va Ramazon kelishini oldindan aytib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni shafoatlariga ega bo‘ling, ya’ni shu xabarni barchaga tarqating. Aks holda Payg‘ambarimizni qarg‘ishlariga qolasiz degan xabarlar ko‘p tarqalmoqda. Shu narsa sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu hadis to‘qima bo‘lib, Ramazon oyining qaysi kunda bo‘lishini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi.وَهُوَ الأثَرُ الْمَشْهُورُ عَنْ رَسُولِ الله صَلَّى الله عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَنْ حَدَّثَ عَنِّي بِحَدِيثٍ يُرَى أَنَّهُ كَذِبٌ فَهُوَ أَحَدُ الْكَاذِبِينَ حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ حَدَّثَنَا وَكِيعٌ عَنْ شُعْبَةَ عَنِ الْحَكَمِ عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي لَيْلَى عَنْ سَمُرَةَ بْنِ جُنْدَبٍ ح وحَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ أَيْضًا حَدَّثَنَا وَكِيعٌ عَنْ شُعْبَةَ وَسُفْيَانَ عَنْ حَبِيبٍ عَنْ مَيْمُونِ بْنِ أَبِي شَبِيبٍ عَنِ الْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ قَالا قَالَ رَسُولُ الله صَلَّى الله عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ذَلِكَMug‘iyra ibn Sho‘’ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim mening nomimdan yolg‘on deb gumon qilingan hadisni aytsa, bas, u yolg‘onchilarning biridir», dedilar.عَنْ عَبْد ِاللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: بَلِّغُوا عَنِّي وَلَوْ آيَةً، وَحَدِّثُوا عَنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا حَرَجَ، وَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّAbdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: 
«Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin», dedilar». 
Buxoriy va Termiziy rivoyat rivoyat qilganlar.
Sharh: Hadisning roviysi Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu bilan tanishmiz.
Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uchta muhim masalani bayon qilmoqdalar.
1.«Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar». 
Ya’ni, mening bilganim oz narsa, faqat birgina oyat, deb o‘tirmanglar. O‘shani bo‘lsa ham odamlarga etkazinglar, demoqdalar.
2.«Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q». 
Bu ish ruxsat berilgan doirada bo‘lishi kerakligini ulamolarimiz ta’kidlaganlar. Chunki boshqa bir hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Ahli kitoblarni tasdiqlamanglar ham, yolg‘onchi ham qilmanglar. Allohga va U zotdan o‘zimizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, denglar», deganlar.
Shuning uchun ularning shariatimizga muvofiq narsalarini tasdiqlaymiz, shariatimizga nomuvofiqlarini yolg‘on, deymiz.
3.«Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin».
Bilib turib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytmagan narsani u zotdan, deb gapirish shunchalar yomon narsaki, kim shu ishni qilsa, do‘zaxiy bo‘lishi turgan gap.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Oz bo‘lsa ham, o‘zi bilgan ilmni o‘zgalarga etkazish zarurligi.
2. Bani Isroil haqida shariatimiz izn bergan ma’noda gapirish joizligi.
3. Kim Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxiy bo‘lishi.
Ushbu hadisi sharifni hayotimizga tatbiq qilishga juda muhtojmiz. Bilgan narsalarimizni oz-ozdan bo‘lsa ham, o‘z birodarlarimizga o‘rgatishimiz zarur. Qanchadan-qancha kishilar kalimai shahodatni o‘rganishga muhtojlar. Ularga bu narsani bilganlar o‘rgatmasa, kim o‘rgatadi?
Qanchadan-qancha kishilar aqalli bir oyatni ham, Qur’ondagi kichik suralarni ham bilmaydilar. Ularga ham bilganlar o‘rgatmay, kim o‘rgatadi?! Tahorat, g‘usl, namoz, janoza va boshqa ko‘plab shar’iy ahkomlarni bilmaydiganlarimiz ko‘p. Bularning hammasini ularga biladiganlar o‘rgatishi lozim. Ba’zi narsalarni bilganlar undan ham ko‘ra ko‘proq narsalarni bilishga intilishlari, o‘zlaridan ko‘proq biladiganlardan o‘rganishlari lozim bo‘ladi va hokazo.
«Bani Isroil» va boshqa ahli kitoblar haqida ham bilganlar bilmaganlarga gapirib, shariatimizning ularga bo‘lgan munosabatlarini tushuntirib berishlari lozim. Chunki bilimsizlik oqibatida ular bilan noto‘g‘ri munosabat va aloqalar vujudga kelmoqda. Kishilarimiz adashib, katta xatolarga yo‘l qo‘ymoqdalar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on to‘qilishining ham oldini olish lozim. Bilib-bilmay, turli gaplarni hadis deb aytish katta gunohdir. Bu o‘sha odamning do‘zaxga kirishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun haqiyqiy ekanligiga to‘liq ishonch hosil qilmasdan turib, hadis aytish yaxshi emas. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:45 | Savol-javoblar | 174 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar