pul uchun Islomni qabul qilishdimikan

Men hozir Rossiyadaman. Bizning ishxonamiz oldida etimxona bo‘lib, u erdagi bolalar bizdan pul so‘rashadi. Ularga sadaqa qilish mumkinmi? Ikkitasini qo‘liga 100 rubldan pul berib, Islomga da’vat qilgandim, kalima keltirishdi. Keyin “pul uchun Islomni qabul qilishdimikan” deb o‘ylanib qoldim. Ammo yana bittasiga “500 rubl beraman” desam ham Islomni qabul qilmadi. Mening bilmoqchi bo‘lgan narsam, kalima qaytarganning ikkita kalimasi o‘tadimi? “Payg‘ambarimiz Muhammad alayxissalom, Ali roziyallohu anhuga: ey Ali bir odamni hidoyatiga sababchi bo‘lishingiz, siz uchun quyosh tushgan hamma narsadan yaxshiroq” degan ekanlar. Shu sifat menga berilishi ehtimoli bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ularga pul bersa bo‘ladi. Kalima ketirgani yaxshi.

26 May 2022, 17:20 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar