Ish tajribasi

Assalomu alaykum! Meni bir savol qiynamoqda. Men 2019-yil 16-avgustda bir ishxonaga ishga kirgandim u erda 2019-yil 17-noyabrgacha ishlaganman. Ba’zi sabablarga ko‘ra 17-18- noyabr 2019 yilda boshqa joyga stajer bo‘lib (bunda qonuniy emas ya’ni nomimga staj ketmasdi) ishga kirdim. Xujjatlarimni qaytib olgani borganimda (2020-yil yanvar oyida) ishdan bo‘shash kunimni 2020-yil yanvar oyining 13 kuni qilib berishgandi (aslida 2019-yil 17-noyabrdan keyin boshqa joyda ishlaganman) menimcha oldinrog‘ bo‘shatish yodidan chiqgan bo‘lsa kerak. Ish qilib ishlamagan kunlarimga ham pensiya jamg‘armasiga pul o‘tkazishibdi va adashmasam plastikimga 600 mingcha pul ham tushgandi. O‘sha paytda e’tibor qilmagan eknman, Shu holatda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi. Birovni haqqini eyish xarom ish va bu uchun qiyomatda javob berishimizni bilaman. Iltimos menga yo‘l ko‘rsating.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘shancha miqdordagi pulni qaytarib bering. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:28 | Savol-javoblar | 136 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar