Aka singil muomalasi

Assalomu alaykum! Yoshim 18 da. Biz oilada 1 otadan 2 onadan tug‘ilgan farzandlar birga yashaymiz. Akam va opam bor, dadamni birinchi ayollaridan. Menga akam hech ham yaxshi gapirishni hohlamaydi. Yaqinda akam menga qo‘l ko‘tarib ayamni uydan haydab solayotganda jahl ustida “meni onamni ko‘chaga haydayapsizmi, siziyam onez ko‘chada qolsin” degandim. Shundan keyin mendan jirkanib muomala qiladigan bo‘lib qoldi. Men esa uni allaqachon kechirganman. Dadam ham akam taraf chunki akam bitta o‘g‘il, dadamni boquvchisi. Shunga men qanday yo‘l tutishimni maslahat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xulqingizni go‘zal qiling, muomalangizni yumshating, akangizni sizga nisbatan qiladigan yomon so‘zlarini afv qiling, kechiring. Dinimiz shunga buyuradi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar