Bir tomchi aroq
Assalomu alaykum! Internet ne’mati bo‘lib, bilmaganimizni sizlar orqali bilib olish imkoniyatini bergan Alloh taologa behisob shukurlar bo‘lsin! Ajru savobi oxiratda shafoatchi bo‘lsin. Biz bir masalada tortishib qoldik. Agar qozondagi ovqatga bilmagan holatida oshpaz tomonidan bir ikki tomchi aroq yoki spirt tomib ketsa ovqat harom bo‘ladimi? Men harom dedim, lekin men taraflar juda kam bo‘ldi. Ilmingizni Alloh ziyoda etsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Najasning ustiga tushgan suv najasdir. Aksincha bo‘lsa ham shu kabi. Ya’ni suvning ustiga najas tushsa, suv ham najasga aylanadi. ("Kifoya" kitobidan). Idishlardagi, qozondagi suv va taomlarga bir tomchi najosat tushsa ham ularning barchasini najosat qiladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:31 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom