Hammom va hojatxona odobi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, erkak kishi hammomda yuvinganda avratlarini yopib turadigan kiyimda bo‘lishlari kerakligini bilamiz, lekin bu hukmning ayollarga nisbatan tadbig‘i qanday? Ya’ni ayollar hammomda yuvinganda tanasining qaysi qismlari yopiq bo‘lishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hammomning o‘zi to‘silishga kiradi. XOLI JOYDA BIR O‘ZI YaLANG‘OCh G‘USL QILIShYoKI TO‘SINISh HAQIDA. TO‘SINISh AFZAL. وَقَالَ بَهْزٌ: عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «اللهُ أَحَقُّ أَنْ يُسْتَحْيَا مِنْهُ مِنَ النَّاسِ». تحفة: 11380 - 78/1 Bahz otasidan, u bobosidan, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib aytadi: «Hayo qilinishga odamlardan ko‘ra Alloh haqliroqdir»حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ نَصْرٍ قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، عَنْ مَعْمَرٍ، عَنْ هَمَّامِ بْنِ مُنَبِّهٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «كَانَتْ بَنُو إِسْرَائِيلَ يَغْتَسِلُونَ عُرَاةً، يَنْظُرُ بَعْضُهُمْ إِلَى بَعْضٍ، وَكَانَ مُوسَى يَغْتَسِلُ وَحْدَهُ، فَقَالُوا: وَاللهِ مَا يَمْنَعُ مُوسَى أَنْ يَغْتَسِلَ مَعَنَا إِلَّا أَنَّهُ آدَرُ، فَذَهَبَ مَرَّةً يَغْتَسِلُ، فَوَضَعَ ثَوْبَهُ عَلَى حَجَرٍ، فَفَرَّ الْحَجَرُ بِثَوْبِهِ، فَخَرَجَ مُوسَى فِي إِثْرِهِ يَقُولُ: ثَوْبِى يَا حَجَرُ. حَتَّى نَظَرَتْ بَنُو إِسْرَائِيلَ إِلَى مُوسَى، فَقَالُوا: وَاللهِ مَا بِمُوسَى مِنْ بَأْسٍ. وَأَخَذَ ثَوْبَهُ، فَطَفِقَ بِالْحَجَرِ ضَرْبًا». فَقَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ: وَاللهِ إِنَّهُ لَنَدَبٌ بِالْحَجَرِ سِتَّةٌ أَوْ سَبْعَةٌ ضَرْبًا بِالْحَجَرِ. طرفاه: 3404، 4799 - تحفة: 14708 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «Banu Isroil yalang‘och cho‘milishar va bir-birlariga qarayverishar edi. Muso esa bir o‘zi cho‘milar edi. Ular: «Allohga qasamki, Musoni biz bilan cho‘milishdan faqat uning churraligi to‘sadi», deyishdi. U bir safar cho‘milgani borib, kiyimini bir tosh ustiga qo‘ydi. Shunda tosh uning kiyimlarini olib qochdi. Muso: «Kiyimimni ber, ey tosh!» deya uning izidan (chopib) chiqdi. Shunda Banu Isroil Musoni ko‘rib: «Allohga qasamki, Musoda hech qanday dard yo‘q ekan!» deyishdi. U kiyimini oldi-da, toshni ura ketdi».Abu Hurayra aytadi: «Allohga qasamki, u kishi toshni urib, unda oltita yoki ettita iz qoldirgan». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:28 | Savol-javoblar | 217 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar