Iymon masalasi

Assalomu alaykum! Men yana Allohga qaytishni istayman lekin menga “gunohing ko‘p endi Allohga qaytsang Alloh seni azoblaydi” degan vasvasa bo‘layabdi. Namoz boshlamoqchi bo‘lyabman ammo vasvasa qo‘ymayabdi. Nima qilishi bilmay qotib qolganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohga qaytish uchun Uning dushmanidan yuz o‘girish kerak. Siz modomiki Allohning dushmani shaytonni “endi Allohga qaytsang Alloh seni azoblaydi” degan gapiga kirar ekansiz hech qachon Allohga qaytolmaysiz. Qachon shaytonni gaplaridan yuz o‘girib Allohga itoat qilasiz keyin ishingiz hal bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:50 | Savol-javoblar | 137 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar