Ijtimoiy tarmoqdagi o‘zini ayol ko‘rsatadigan erkaklar
Assalomu alaykum! Ustozlar xozirgi kunda internet juda avj olgan davr va bundan xamma xar xil foydalanmokda. Bazi bir erkaklar ijtimoiy tarmoqlarda kizlarni rasmini qo‘yib go‘yo qiz bola bo‘lib boshqa erkaklardan pul surab aldab shu tarzda pul topishmoqda. Buning xukmi qanday bu dunyo va oxiratda? Gunoxlarini yuvish uchun nima qilishlari kerak? Javob uchun oldindan raxmat. Shu insonlarga xam yetib borsa degan umitdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday kimsa yolg‘on, firibgarlik, tilanchilik, nifoq, erkak bo‘la turib o‘zini ayollarga o‘xshatish kabi bir nechta o‘ta qabih gunohlarga qo‘l urgan bo‘ladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرَّجُلَ يَلْبَسُ لِبْسَةَ الْمَرْأَةِ، وَالْمَرْأَةَ تَلْبَسُ لِبْسَةَ الرَّجُلِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. وَلِأَبِي دَاوُدَ وَالطَّبَرَانِيِّ: مَنْ تَشَبَّهَ بِقَوْمٍ فَهُوَ مِنْهُمْ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollarga o‘xshab libos kiygan erkakni va erkaklarga o‘xshab libos kiygan ayolni la’natladilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Abu Dovud va Tabaroniy qilgan rivoyatda:
«Kim bir qavmga taqlid qilsa, u o‘shalardandir», deyilgan.
Sharh: O‘z qavmi, o‘z dini va urf-odati turib, boshqalarning turmush tarzini, kiyinish va hayotdagi boshqa narsalarini ustun qo‘yib, jon-jahdi bilan ularga o‘xshashga harakat qilish odamga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. O‘sha odam «har kimga niyatiga yarasha» qoidasiga binoan o‘zi taqlid qilgan qavmdan bo‘ladi. Kofirlarga o‘xshashni orzu qilib uringan bo‘lsa, kofirlardan bo‘ladi. Fojirlarga o‘xshashga harakat qilgan bo‘lsa, fojir bo‘ladi va hokazo...
Islom ummati Alloh taolo yuborgan ta’limotlarning eng mukammaliga, har bir zamon va har bir makonga munosib ta’limotga ravo ko‘rilgan ummatdir. Alloh taolo bu ummatni boshqa barcha ummatlar ustidan shohid qilib qo‘ygandir. Alloh taolo bu ummatga har bir narsada o‘ziga xoslikni berib qo‘ygandir. Shuning uchun ham bu ummatga o‘zidan boshqalarga o‘xshashga harakat qilish, o‘ziga Alloh taolo osmondan tushirib bergan narsani qo‘yib, boshqa millatlar erdan chiqargan narsalarga havas qilish mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 11:50 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar