Choyxona
Assalomu alaykum! Mening bir tanishim bor. Islomda iymonda yaxshi odam. Xozir shu odam choyxona yurgizyapti, choyxonada alkogol ichimliklari sotilmaydi u odam ham iste’mol qilmaydi. Ammo kelgan mijozlarga tashqaridan olib kirgan alkogol ichimliklarni taqiqlamaydi, aytadiki men ularga sotmayamman tashqaridan olib kelib ichsa gunohi o‘ziga deydi. Mening sovolim shuki shu tanishimning joyida mijozlar alkogol iste’mol qilsa bu mijozlardan olgan foydasi joizmi yoki joizmasmi? Men sizlarni kanalizda aroqda 10ta odam la’natlanadi degan jovobingizni o‘qigan edim. U tanishim alkogol iste’mol qilayotganlarga sharoit yaratib bergan bo‘lib qolmaydimi? Ularni gunohiga sherik bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularni o‘tirib harom ishlarini qilishlariga sharoit va xizmat qilsa o‘sha la’natlangan 10 kishining ichiga kiradi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 11:50 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar