Amallarda ixlosning ahamiyati

Assalomu alaykum! Amallarda ixlosning ahamiyati. Deylik men masjid qurgan odamga falon falon savoblar berilishini eshitdim lekin menda pul yo‘q kelajakda pulim bo‘lsa quraman degan niyatda rejalar tuzib rasmini ham chizib qo‘ydim. Bunda niyat uchun savob olaman. Keyinchalik pul topdim va reja esga tushib uni bajardim ixlosim kamaygan holda bundaham o‘sha vada qilingan asl savobni olamanmi? Bu huddiki hushu-huzusiz namoz o‘qiganga o‘xshaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عُثْمَانَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَقُولُ: مَنْ بَنَى مَسْجِدًا يَبْتَغِي بِهِ وَجْهَ اللهِ بَنَى اللهُ لَهُ مِثْلَهُ فِي الْجَنَّةِ. وَفِي رِوَايَةٍ: بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim Allohning roziligini tilab, bir masjid qursa, Alloh jannatda unga o‘shaning mislini qurib beradi», deganlarini eshitganman». Boshqa bir rivoyatda: «Jannatda bir uy», deyilgan. Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan. Sharh: Demak, bu dunyoda masjid bino qilish uchun uringan har bir kishining qilgan ishi behuda ketmaydi, u oxiratda Alloh taolo tomonidan munosib taqdirlanadi. Shuning uchun jannatda alohida muhtasham uyga ega bo‘lishni isagan odam bu dunyoda masjid qurishi yoki bu ishda qurbi etganicha ishtirok etishi lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:49 | Savol-javoblar | 145 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar