Non qovurish

Assalomu alaykum! Biz yotoqxonada turamiz. U erda povarlar ishlaydi. Bir kun oshxonada povarimiz qizlariga o‘quvchilar uchun ovqat qilinayotgan qozonda non qovurib berayotganlariga ko‘zim tushdi. Shunday qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi albatta. Oshpaz o‘sha oshxonadan, undagi jamiki jihoz-u mahsulotlardan shaxsiy maqsadda foydalanishi uchun egalarining izni shart. Iznsiz foydalansa ularning haqqini egan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar