Xutba vaqtida namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Man Italiyada o‘qiyman, bu erda Juma kuni xutba qilib, keyin Juma namozi o‘qiladi. Orada Sunnat o‘qishmaydi. Odatda uyda sunnat o‘qib olib, keyin Masjidga boraman. Lekin ba’zi holatlarda sunnatni o‘qimasdan borishimga to‘g‘ri kelib qoladi. Shunday vaqtlarda imom xutba qilayotgan vaqtda sunnat o‘qib olsam bo‘ladimi? Chunki xutba arab tilida va italiyan tilida bo‘ladi. Arab tilidagisini tushunmayman, italyan tilidagisini bir oz tushunaman. Arab tilida xutba qilayotgan vaqtda sunnatini o‘qib olsam bo‘ladimi? Yoki, 2 ta 4 rakat sunnatni ham jumadan keyin o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jumaning farzi o‘qilib bo‘lingandan keyin masjidda qolib o‘qib olsangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 186 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar