Fosiqlik yoki osiylik
Assalomu alaykum Hurmatli ustoz. Ruhiy tarbiyani 1 tomini o‘qib chiqdik. Bizga manzur bo‘ldi. Rahmat sizga. Ammo bilasizmi, bizni bir savol qiynayapti. Yaxshi tushunmaganimizdan bo‘lsa kerak. Savol quyidagicha:Fosiqlik bilan osiylikni farqiga borolmayapmiz. Osiy ham gunohlarni ochiqchasiga bajaradiku. Iltimos bizga farqini holatlarini tushuntirib bersangiz, misol orqali iltimos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
FOSIQLIKHar bir mo‘min musulmon banda hazir bo‘lishi bo‘lgan qalb xastaliklaridan yana biri fosiqlikdir.«Fisq» so‘zi lug‘atda qobiqni teshib chiqish ma’nosini anglatadi. Shar’iy istilohda esa, Alloh taoloning toatidan chiqib, ma’siyatlarni yashirmay, uyalmasdan ochiq-oydin qiladigan odamga fosiq deyiladi. Odatda, fosiq deb gunoh ishlarni qilgan musulmonlarga aytiladi. Fisq so‘zi, ulamolar istilohida, gunohi kabira qilib yoki kichik gunohlarda bardavom bo‘lib, Allohning nahiy qilgan narsalaridan chiqishdir. Qur’oni karimda esa, mavzuga qarab, kofir va munofiqlar ham ba’zan fosiq deyiladi.Alloh taolo «Sajda» surasida: «Axir, mo‘min bo‘lgan odam fosiq bo‘lgan odamdek bo‘ladimi?! Teng bo‘lmaslar. Ha, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga, bas, ularga qilib o‘tgan amallari uchun jannatul ma’vo manzildir. Ammo fosiqlik qilganlar esa, bas, ularning joylari do‘zaxdir. Har qachon undan chiqmoqni iroda qilsalar, unga qaytarilurlar va ularga: «O‘zingiz yolg‘onga chiqargan do‘zaxning azobini toting», deyilur», degan (18–20 - oyatlar.Ushbu oyati karimalarda fosiqlik mo‘minlik muqobilida zikr qilinmoqda. Demak, u kofirlik deganidir.Munofiqning ham fosiq deyilishiga quyidagi oyat dalildir: «Albatta, munofiqlar, ular fosiqlardir» («Tavba» surasi, 67-oyat). Kofirlikka etib bormaydigan, gunoh ma’nosidagi fosiqlikka dalil «Baqara» surasidagi quyidagi dalil bo‘ladi: «Oldi-sotdi qilganingizda, guvoh keltiring va yozuvchi ham, guvoh ham zarar tortmasin. Agar (aksini) qilsangiz, albatta, bu fosiqligingizdir. Allohga taqvo qiling. Va Alloh sizga ilm beradi. Alloh har bir narsani biluvchi zotdir», (282-oyat).Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonni so‘kish fosiqlik va u bilan urush qilish kofirlikdir», dedilar».Ikki shayx rivoyat qilgan.O‘tgan ulamolardan Zajjoj rahmatullohi alayh: «Badgumonlik yaxshi kishilar haqida yomon gumon qilishdir. Ammo fisq ahli bo‘lsa, undan nima fosiqlik zohir bo‘lgan esa, shuni gumon qilishga haqqimiz bor», deganlar. Ma’lumki, fosiqlik katta gunoh hisoblanadi. Shariat ko‘rsatgan chegaradan chiqib, gunoh ishlarni qiluvchilar fosiq hisoblanadi. Fisq dindan chiqishning boshlanishi bo‘lib, tavba qilmasdan, o‘sha gunohni davom ettirganlar dindan chiqadi. Shuning uchun ham hadisi sharifda so‘kish fisq, urush esa kufr deyilmoqda. Chunki fisq kufrga olib borganidek, so‘kish ham urushga olib boradi.FOSIQLIKKA OID HUKMLAR1. Fosiqlik harom. Undan nahiy qilingan. Fosiq shaxs gunohkor bo‘ladi va fisqiga qarab jazoga tortiladi va ta’zir beriladi.2. Hanbaliy mazhabi bo‘yicha, fosiqning imom bo‘lib namozga o‘tishi mumkin emas.3. Fosiq hadis rivoyat qilish haqiga ega emas.4. Fosiqning guvohligi qabul qilinmaydi.5. Fosiqning fatvosi qabul qilinmaydi.6. Fosiq bolani o‘z qaramog‘iga olishi mumkin emas.7. Fosiq Shofe’iy va Hanbaliy mazhablari bo‘yicha nikohda valiy bo‘la olmaydi.8. Fosiqni fisqi uchun o‘ziga yaqin olib bo‘lmaydi.9. Fosiqning g‘iybatini qilish joizdir.10. Fosiqning tavbasi, agar barcha shartlarni yuzaga chiqarsa, qabul bo‘ladi.Fosiqlikning zararlari:1. Fosiqlik Alloh taoloning, Uning rasulining va mo‘minlarning g‘azabini jalb qiladigan narsadir.2. Gohida fosiqlik musulmonchilikdan chiqarishi ham mumkin.3. Fosiq jamiyatga zararli insondir.4. Fosiqlik munofiqlikka, u esa do‘zaxga olib boradi.5. Fosiqlik tarqalgan jamiyat parchalanadi.Mo‘min banda fosiqlikning har bir ko‘rinishidan o‘zini olib qochishi darkor. Doimo bu narsaning zararlarini esdan chiqarmay yurishi kerak. Mabodo bilib-bilmay ba’zi fisq ishlarini sodir etgan bo‘lsa, darhol tavbaga shoshilishi lozim.OSIYLIKBanda hazir bo‘lishi lozim bo‘lgan qalb xastaliklarining biri osiylikdir.«Osiylik», «isyon», «ma’siyat» so‘zlari bir o‘zakdan bo‘lib lug‘atda «toatdan chiqish» ma’nosini bildiradi.Ulamolar istilohida osiylik Alloh taoloning buyruqlariga bo‘ysinishni tark qilishdir.Boshqa bir ta’rifda aytilishicha, osiylik amrlarni tark qilish. Alloh taoloning Kitobida va rasulining tilidan farz va vojib qilgan narsalarni tark qilish va Alloh taolo va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam amr qilgan so‘zlar, zohir va botin amallarni sodir etmaslikdir.Osiylar ikki xil bo‘ladi:1. Ma’siyatni qilish bilan birga toatdan ham bosh tortadi. Bu eng yomon hisoblanadi.2. Ma’siyatni qilish bilan birga toatlarni ado etadi. Bunda ma’siyatiga yarasha jazo oladi.Ma’siyatning katta yoki kichikligiga qarab uning hukmi ham o‘zgaradi. Ammo kichik gunohni davomli qilish katta gunohni keltirib chiqaradi.Kim katta gunoh qilsa, fosiq bo‘ladi va guvohligi o‘tmaydi.Shuningdek, kichik gunohlarni davomli qilish uni kabiraga aylantiradi va egasi fosiq bo‘lib, guvohligi rad etiladi.Alloh taolo ma’siyatni qattiq qoralagan va uning oqibatidan hazir bo‘lishga chaqirgan. U zot «Niso» surasida: «Kim Allohga va Uning Rasuliga isyon qilsa va Uning chegarasidan tajovuz qilsa, U zot uni abadiy qolish uchun do‘zaxga kiritadir. Va unga xorlovchi azob bordir», degan (14 – oyat).Demak, bu dunyoda faqat Allohga va Uning Rasuligagina itoat qilib yashash lozim. Bu itoat shariatga amal qilish bilan bo‘ladi. Allohga bo‘ysunib, u ko‘rsatgan dasturga amal qilib yashash iymonda, Islomda yashash demakdir. Demak, Oxiratdaa har kimga bu dunyodagi amalga qarab muomala qilinadi. Bu dunyoda Alloh taoloning va Uning Rasulining itoatini qilmay, osiylik qilib, Alloh taoloning chegarasidan chiqqanlar u dunyoda abadiy do‘zaxga kiritiladi. U erda xorlovchi azoblar ham bo‘ladi.Alloh taolo «Ahzob» surasida: «Hech bir mo‘min erkak va hech bir mo‘mina ayol uchun Alloh va Uning Rasuli bir ishga hukm qilganida, o‘z ishlarini o‘zlaricha ixtiyor qilmoq yo‘q. Kim Allohga va uning Rasuliga osiy bo‘lsa, bas, batahqiq, ochiq adashish-la adashibdi», degan (36 – oyat).Barcha mo‘min-musulmonlar uchun Alloh taoloning amri, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hukmlari hamma narsadan ustun turadi. Allohning ko‘rsatmasi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning aytganlari turganida, mo‘min kishi, xoh erkak bo‘lsin, xoh ayol, o‘zicha bir ish qila olmaydi. Bu mumkin ham emas. Kim Allohning va Uning Rasulining hukmini qo‘yib, o‘zicha ish tutsa, Alloh taboraka va taologa va Uning Rasuli sollallohu alayhi vasallamga osiy bo‘ladi.Alloh taolo «Ahsob» surasida:«Kim Allohga va Uning Rasuliga osiy bo‘lsa, bas, batahqiq, ochiq adashish-la adashibdi», degan (36-oyat).Ochiq adashganlarning holi nima bo‘lishi hammaga ma’lum. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ma’siyatdan saqlanishni so‘rab duo qilganlar va osiy bo‘lmaslikka harakat qilganlarning go‘zal oqibatga erishishlari xabarini berganlar.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kamdan kam majlisdan sahobalariga ushbu duolarni qilmasdan turar edilar:«Ey Allohim! Bizga O‘zingdan qo‘rqishdan biz bilan ma’siyatlaring orasini to‘sadiganini, toatingdan bizni u ila jannatingga etkazadiganini, qattiq ishonchdan u bilan bizga dunyo musibatlarini engil qiladiganingni bergin. Bizlarni quloqlarimiz ko‘llarimiz va quvvatimiz hayotda bardavom qilgan chog‘ingda huzurlantirgin. Uni bizdan voris qilgin. Bizning o‘chimizni bizga zulm qilganlarga xos qilgin. Bizga dushmanlarimiz ustidan nusrat bergin. Musibatimizni dinimizda qilmagin. Dunyoni bosh qayg‘umiz, ilmimiz etgan joyi qilmagin. Bizga rahm qilmaydiganni ustimizdan sulton qilmagin».Termiziy rivoyat qilgan.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bir hadisni etti martadan ko‘p aytganlarini eshitdim. Men u zotning: «Kifl Bani Isroildan edi. U gunohdan saqlanmas edi. Uning oldiga bir ayol keldi. U unga ustiga chiqish sharti ila oltmish dinor berdi. U er xotiniga qandoq o‘tiradigan bo‘lsa, unga o‘shandoq holda o‘tirgan chog‘ida ayol yig‘lay boshladi. Bas, u: «Nimaga yig‘lamoqdasan? Men seni majbur qildimmi?» dedi.«Yo‘q. Ammo men bu ishni hech qilmagan edim. Faqat muhtojlik meni bunga majbur qildi», dedi.«Sen hali shundoqmisan? Men bu ishni qilmayman. Bor, ketaver! Pullar ham seniki», dedi.So‘ngra u: «Yo‘q. Allohga qasamki, bundan keyin Allohga hech ham osiy bo‘lmayman», dedi. U o‘sha kechasi o‘ldi. Bas, uning eshigiga «Albatta, Alloh Kiflni mag‘firat qildi» deb yozilib qoldi», deganlarini eshitdim».Termiziy rivoyat qilgan.Osiylikning zararlari:1. Osiylik Odam va Havvoni jannatdan chiqardi.2. Osiylik iblisni Alloh taoloning la’natiga uchratdi.3. Osiylik Nuh qavmini to‘fonga giriftor qildi.4. Osiylik Od qavmini tomiri chirigan daraxtdek qulatdi.5. Osiylik Samud qavmini dahshatli ovoz ila halok bo‘lishiga sabab bo‘ldi.6. Osiylik Lut qavmini chappa aylantirilgan er ostida halok qildi.7. Osiylik Shu’ayb qavmini bulutdan yoqqan azob ila halok qildi.8. Osiylik Fir’avn va uning qavmini dengizga g‘arq qildi.9. Osiylik Qorun va uning molu mulkini erga yuttirdi.Ma’siyatlar banda qalbining mog‘or bosishiga, g‘ofil bo‘lishi va muhrlanishiga sabab bo‘ladi.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh salollohu alayhi vasallamning minbarlari ustida turib: «Yoki qavmlar jumalarni tark qilishdan to‘xtarlar. Yoki Alloh ularning qalblariga muhr bosur va so‘ngra g‘ofillardan bo‘lurlar», deganlarini eshitdim».Muslim, Nasaiy va Ahmad rivoyat qilgan.Gunohlardan saqlanish qalbning pokligini saqlash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun gunohlarni ozaytirish kerak. Bu ish ikki dunyo uchun ham foydalidir.Vakiy’ ibn Jarroh keltirgan rivoyatda Oisha roziyallohu anho aytadi: «Gunohlarni ozaytinglar! Albatta, sizlar Alloh taologa gunoh ozligidan afzal narsa ila yo‘liqa olmaysizlar».Banda zohiriy va botiniy, katta va kichik ma’siyatlardan hazir bo‘lishi lozim. Ko‘pincha bir ma’siyat boshqa ma’siyatga tortishi ham mumkin. Xususan, qalb va til ma’siyatlari kabi his qilish qiyin bo‘lgan ma’siyatlardan ehtiyot bo‘lish kerak.
1 May 2022, 05:35 | Savol-javoblar | 216 | Ruhiy tarbiya