Kapitalistik pul yuvish(Money laundering) ishlari
Assalomu alaykum! Pul yuvish (Money laundering) qilib soliq imtiyozlariga ega bo‘lish yoki umumman iflos pullarni legallashtirish yoki soliq imtiyozlariga ega bo‘lish uchun tijorat firmasi qurilish ishlab chiqarish sohasidagi vahokazolardagi pullarni pul yuvish amaliyotini o‘tkazish qanchalik to‘g‘ri? Hullas pul chetga chiqariladi u hoh kriptivalyuta yoki boshqa yo‘l bilan chiqarilib horijiy firmalar orqali invistitsiya niqobi ostida qayta kiritiladi va soliq imtiyozlariga ega bo‘linadi. Bu eng sodda ko‘rinishi. Shu ish halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu noto‘g‘ri ish. Pul agar halol bo‘lsa uni “yuvishga” ehtiyoj bo‘lmaydi. Siz aytgandek biror noqonuniy yo‘l bilan kelgan ko‘pchilikni pulini o‘zlashtirib uni xiyla yo‘llari bilan qonuniylashtirish va soliqdan qochishda ko‘pchilikni haqqiga xiyonat bo‘lishi mumkin. Kriptivalyutalar muomalasi joiz deb fatvo berilmagan. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 12:34 | Savol-javoblar | 131 | Moliya va tijorat