Tayammum qilgan odam tahorat qilganga iqtidosi
Assalomu alaykum! Tayamum qilgan odam taxoratlik odamga imomlikka o‘tsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tahoratli tayammumliga, yuvgan mash qilganga, tik turgan o‘tirganga, imo qiluvchi imo qiluvchiga va nafl o‘quvchi farz o‘quvchiga iqtido qilaveradi.
Tahoratli tayammumliga iqtido qilishi joizligi quyidagi rivoyatga binoandir: عَنْ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ احْتَلَمْتُ فِي لَيْلَةٍ بَارِدَةٍ فِي غَزْوَةِ ذَاتِ السُّلَاسِلِ، فَأَشْفَقْتُ إِنِ اغْتَسَلْتُ أَنْ أَهْلِكَ، فَتَيَمَّمْتُ ثُمَّ صَلَّيْتُ بِأَصْحَابِي الصُّبْحَ، فَذَكَرُوا ذَلِكَ لِلنَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، فَقَالَ يَا عَمْرُو، صَلَّيْتَ بِأَصْحَابِكَ وَأَنْتَ جُنُبٌ؟ فَأَخْبَرْتُهُ بِالَّذِي مَنَعَنِي مِنَ الْاِغْتِسَالِ وَقُلْتُ إِنِّي سَمِعْتُ اللهَ يَقُولُ وَلاَ تَقْتُلُواْ أَنفُسَكُمْ إِنَّ اللّهَ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًا، فَضَحِكَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَلَمْ يَقُلْ شَيْئًا رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Zotus Salosil g‘azotida sovuq kechada ehtilom bo‘lib qoldim. Fusl qilsam halok bo‘laman, deb qo‘rqib, tayammum qildim. So‘ngra sheriklarimga bomdod namozini o‘qib berdim. Ular buni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga zikr qildilar. Ul zot:
«Ey Amr, junub bo‘lib turib, sheriklaringga namozga o‘tdingmi?» dedilar.
Men u kishiga o‘zimni g‘usl qilishdan man qilgan narsaning xabarini berdim va:
«Allohning «O‘zingizni o‘zingiz o‘ldirmang. Albatta, Alloh sizlarga o‘ta rahmlidir», deganini eshitganman», dedim.
Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kuldilar va biror narsa demadilar».
Abu Dovud rivoyat qilgan.
Yuvgan mash qilganga iqtido qilishi joizligi maxsiga yoki javrobga tortilgan mash xuddi yuvilgan kabi ekanligidandir. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:00 | Savol-javoblar | 151 | Ibodatlar