Aroq va ro‘za
Assalomu alaykum! 1). Men juda ko‘p insonlarni bilaman ular ro‘zaning boshlanishiga 3-4 kun qolgan kunidan boshlab aroqni to‘yib to‘yib ichvolaylik deyishadi va ichishadi keyin esa 30 kun ro‘zani qoldirmasdan aroq ichmasdan tutishadi va hayit kunidan boshlab bayram bayramdek bo‘lsin deb yana aroq ichishni boshlashadi. Aroq haromku deyilsa biz aroq ichmayapmiz musallas vino ichyapmiz uzumdan qilinadiku uzumini eysanku biz suvini ichyapmiz desa bunday insonlarga qanday javob beriladi? Bunday insonlarni qalblari muhrlanganmi ularni tutgan ro‘zalari o‘tadimi? 2). Aroq ichib o‘lgan insonga janoza o‘qilib uham musilmonlar qabristoniga ko‘miladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qur’onda harom qilinganligi zikr qilingan xamr shu uzum vinosi bo‘ladi. Bunday gunohga qo‘l urib yurganlar modomiki musulmon bo‘lishsa, ro‘zani barcha shartlariga rioya qilib tutishsa, bu ro‘zalari qabul bo‘lishi umid qilinadi.2). Allohga, farishtalarga, kitoblariga, rasullariga, oxirat kuniga, yaxshilik va yomonlik Allohdan ekanligiga va o‘limdan so‘ng qayta tirilishga ishongan bo‘lsa janoza o‘qiladi. Allohning farzlarini tark qilganligi, haromga qo‘l urganligi va fosiq holda hayot kechirganligining jazosini Allohga havola qilinadi. Nima qilishini Qur’on karimda bayon qilib qo‘ygan. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 12:57 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar