Omonatga hiyonat

Assalomu alaykum! Man 6 oy oldin bir hato qildim bir ukam bor 5 6 yildur oka ukadekmiz. Turkiya shaxridan ketayotim pul omonat tashlab ketgandi vaqtida chiqarib turdim eng ohiri bir qiyin vaziyatga tushib qolib u qiyin vaziyatdan so‘ramasdan ukamni pulidan tijoratimga tikib vaziyatdan chiqaolmay qarzdor bo‘lib qoldim. Hozir qo‘limda pulim yo‘q, omonatiga hiyonat qildim juda afsusdaman. Yomon niyatim yo‘q edi u qiyin vaziyatim ham uning bergan puli edi. Molimni 4 oyda zo‘rg‘a oldim, ammo sotishga yaroqsiz bo‘lib ketgan. Birisi aldab ketgan ukamga qilib beraman faqat kutmasdan imkoning yo‘q dib aytim. Ukam har safarda so‘rab qo‘ymyapti nima deb javob berishgaham hayronman. Bugungacham oramizda pul mavzuda bo‘lmagan endi to‘lash uchun harakat qilvoman afsuski hozircha natija yo‘q. Nima deb maslaxat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqdor o‘z haqqini talab qilayotgan bo‘lsa, unga holatingizni tushuntirib, muhlat berishini so‘rang. Agar bunga rozi bo‘lmasa biror bir mulkingizni sotib bo‘lsa ham haqqini qaytaring. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 13:07 | Savol-javoblar | 174 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar