Ro‘za tutishga erning roziligi
Assalomu alaykum! Meni erim sog‘lom, og‘ir mehnat ham qilmaydi. Ammo ro‘za tutib o‘rganmagan. Shu vaqtgacha bir o‘zim ro‘za tutib, erimga va oila a’zolariga 3 mahal taom tayyorlab kelganman. Yaqinda sizning kanalingizda ro‘zador odam ramazon oyida ro‘za tutmaganlarga suv ham bermasin deb o‘qib qoldim. Buni erimga tushuntirdim lekin u menga tana qilsang ro‘za tutma, men rozi bo‘lsam tutasan, er rozi Xudo rozi dedi. Endi men nima qilay avvalgidek ularga 3 mahal taom tayyorlab beraveraymi, bunda ro‘zamga ziyon etib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eringiz haddidan oshib ketibdi. Farz ro‘zani tutish uchun erning roziligi shart emas. Bunaqa erlarning roziligi Allohning roziligidek ham emas. Ovqat tayyorlab beravering. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:15 | Savol-javoblar | 135 | Ayollarga oid masalalar