Ingliz tili o‘rgatish blogerlik
Assalomu alaykum! Men ingliz tilini eshitib tushunish uchun ingliz tilida bir hikoyani olib uni audiosi bilan video qilib you tube ga joylayman. Bu videoda matn almashib ketaveradi ovozi ham o‘qilib ketaveradi, men shu ishim bilan g‘ayri din vakillarini tilini o‘rgatib to‘g‘ri ish qilyabmanmi? qilayotgan ishim joizmi? Buni orqasidan topadigan pulim zakotini bersam halol bo‘ladimi? Iltimos shu savollarimga to‘liqroq javob bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tayorlamoqchi bo‘lgan matn va videoingizda shariatga zid unsurlar bo‘lmasa, joiz. Ingliz tilini o‘rgatishning hech qanday zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 13:41 | Savol-javoblar | 160 | Ta’lim va muta’allim