Sotilganda pulini qaytarish
Assalomu alaykum! Bir inson odamlardan buyurtma qabul qilib, chet eldan kiyim olib keltirib beradi, oldindan hech qanday zalog olinmaydi odatda, shunda bir holatda o‘ylantirdi, ba’zi holatlarda buyurtma bergan kishi buyurtmasi kelganidan keyin olgisi kelmay qoladi (sotuvchi do‘kon ochmagan, shunga bu holat sotuvchini qiyin ahvolga solib qo‘yadi) shunda sotuvchi buyurtmangiz sotilgandan keyin pulini qaytarib beraman desa to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lmasa qanday yo‘l tutgan ma’qulroq?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chet eldan kiyim va boshqa mollarni keltirib beruvchi shaxs 2 holatdan birida bo‘lishi mumkin:1). O‘zida yo‘q narsani sotayotgan bo‘ladi. Bu joiz emas. Bu ishni qilgan odam gunohkordir. Olib kelgan molni o‘zi uchun sotib olgan bo‘ladi. Buyurtma bergan kishi uni olishdan bosh tortsa va oldindan pul berib qo‘ygan bo‘lsa, o‘sha pulini unga darhol qaytarishi lozim.2). Mijoz uchun buyumni chet eldan sotib olish va keltirib berish uchun vakil bo‘ladi. Qilgan xizmati uchun haq oladi. Sotib olgan buyumi mijoznikidir. Mijoz molni vakildan qabul qilishi lozim. Agar olgisi kelmay qolsa, o‘sha buyumni sotib berish uchun uning o‘zini vakil qilishi mumkin. Sotilganda pulini oladi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 13:52 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat