Ayol kishining jamiyatdagi o‘rni qaerda?

Assalomu alaykum! Men 25 yoshdaman, fotiha qilinganman, hozirda chet elda magistratura bosqichida o‘qimoqdaman. Soham o‘qituvchilik. Insha’Alloh kelasi yil vatanimga qaytaman. Meni ichimda 2 xil inson yashaydi: biri dunyoning eng nufuzli universitetlarida o‘qish va sohamni mutaxassisi bo‘lib eng nufuzli universitetlarda dars berishni xohlaydi. Ikkinchi yarmim esa oila qurish, ota-onam, bo‘lajak turmush o‘rtog‘im va ularning ota-onalariga Alloh roziligi yo‘lida xizmat qilishni, Qur’oni Kariymni hifz qilib, kelajak avlodga ham o‘rgatishni, Shayhimiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Rohimahullohning izdoshlarini voyaga etkazishni chin dildan orzu qiladi. Tabiiyki, karera va oilaviy masalalar qarshisida tarozi bo‘lish uchun biroz ko‘proq kuch talab qilinadi. Agar oilamga ko‘proq vaqt sarflamoqchi bo‘lsam, o‘z sohamni ma’lum muddat chetga surib turishimga to‘g‘ri kelarmikin degan hadikdaman. Hozir qaysi yo‘lni tanlashga boshim qotdi. Mening jamiyatdagi o‘rnim qaerda ustozlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘zingizga munosib bilan turmush quring, o‘qishni ham davom ettiring. Vallohu a’lam!

5 Avgust 2022, 16:53 | Savol-javoblar | 175 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar