Birovni o‘rniga namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Xo‘jeyinim namoz o‘qimaydi qaynonam o‘g‘lini o‘rniga namoz o‘qib yurdi, taxajjud namozini. Endi charchadim siz davom ettiring dedi. Men bu mumkin emasligini tushuntirdim. O‘qisa bo‘laveradi dep menga vazifa qilip berdi o‘qimayapman desam yaxshi gap eshitmayman men qanday yo‘l tutay. Yolg‘on gapirolmayman o‘qiyapman dep. Birovni o‘rniga namoz o‘qib yursa gunoxkor bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz, ro‘za va zakot kabi ibodatlarni har kim o‘zi ado qilishi shart. Birovning nomidan namoz o‘qish durust emas. Biror nafl ibodatni bajarib so‘ngra uning savobini bag‘ishlash esa joiz amal. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 14:02 | Savol-javoblar | 217 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar