Safar oldidan

Assalomu alaykum wr wb Ustoz. Alloh ilmingizni ziyoda aylab, xalqimiz uchun qilayotgan cheksiz xizmatlaringizni munosib taqdirlasin. Ustoz biz bu yil Allohim nasib qilsa haj safari oldida turibmiz. Shu sababdan biz uchun aziz va muhtaram bo‘lgan Ustoz hazratlaridan duo olish umididamiz. Iltimos Ustoz bizni bir duolaringizda eslab qo‘ysangiz. Allohim bizni O‘zining muxlis, solih, muhsin va taqvodor bandalari qatoridan qilib, O‘zining mukarram Baytini ziyorat qilishlik baxtiga muyassar qilsin. Assalomu alaykum wr wb.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo sizlarni hajga muyassar qilib, ibodatlarni ado etib, sog‘-salomat oilalaringizga qaytishni nasib qilsin!

5 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 138 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar