Biznesda tavakkal

Assalamu alaykum! Men talabaman, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarimda bir biznes bilan shug‘ullanmoqchi edim. Biznes shartlarini o‘rganib chiqdim va eplay olishimga ko‘zim etti sababi shu kompaniyada shu biznes bilan shug‘ullanib qisqa vaqt ichida yahshi natijaga erishgan ko‘pgina insonlarni ko‘rdim. Ammo bu biznes haqida ma’lumoti ko‘p bo‘lmagan do‘stlarimga bu haqida aytganimda bu ishni eplay olishimga shubha bildirishyapti ularni gapini eshitib o‘ylanib qoldim (sababi biznes boshlashdan oldin ozmuncha sarmoya kiritish kerak). Biznes haqida o‘ylasam shu ishni boshlayman deb qaror qilaman, do‘stlarimni gapini eslasam esa yana o‘ylanib qolaman. Allohdan to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsarishini so‘rab duo qilyabman. Allohga tavakkal qilib shu ishni boshlasammikan yoki yo‘q. Iltimos maslahat bering. Kompaniya nomi "Beleever".
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dorini tarkibini bilmaymiz. Ammo sotish uslubi tarmoqli marketing bo‘lib, Dunyo Musulmon Ulamolari Kengashi bu savdo turini harom deb fatvo berganlar. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 14:02 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar