Bu savdo halolmi

Assalomu alaykum! Yoshim 20 da. Men moshina bozorda savdo qilib pul topaman. Akkumlyator do‘konda ishlayman, xizmatim uchun haq olaman. Xo‘jayinning balon do‘koni ham bor, bizning do‘kondan keyingi qatorda. Xo‘jayin aytdi “Hohlasang bizni balonlarni sotib tirikchilik ham qil qo‘shimcha daromad bo‘ladi” deb. Tannarh deylik 30$ bo‘lsa menga 31$ dan beradilar, men uni 32 $ yoki 33$ dan sotaman. Bizning do‘kon kichkina bo‘lgani hamda akkumlyatorga mo‘ljallangani uchun vitrinaga 1 tadan qo‘yib, agar sotsam xo‘jayinning balon do‘konidan olib kelib beraman. Haridordan pulni olib balon do‘konga kassa qilaman va ustiga qo‘ygan foydamni menga berishadi. Yolg‘on gapirmayman, narhni qimmat qilmayman, Xo‘jayinga ham foyda, xaridor ham rozi. Xo‘jayinning do‘konida yo‘q balonni sotmayman ya’ni bozordagi boshqa tur balonlarni. Boshqa tur balonlarni so‘rashsa sotiladigan joyini ko‘rsataman. Ba’zi balonlar xo‘jayinga kelgan tan narhida bizga ham beriladi. Sabab tezroq sotilsin pul aylansin, shunda xo‘jayin sotadigan narh bilan deyarli bir hil sotamiz. Mening otam ham ayni shu balonlarni chetdan olib kelishda tug‘iladigan ishlar uchun vakil qilinganlar ya’ni bitta firma uchun bir inson, katta xo‘jayin uchun xizmat qilamiz demoqchiman, lekin bozrda savdodga aralashmaydilar. Qadrli ustozlar bu holda savdo qilib pul topishim joizmi? Shariat belgilagan savdo qoidalarini buzmayabmanmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xo‘jayinga vakil bo‘lib, xizmat haqingizni tayin qilib sotishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 01:30 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar