Gunohkor ko‘zlar

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda hammaga ma’lum ko‘chada hamma joyda yarim yalang‘och ayol qizlar ko‘zni olib qochishni iloji bo‘lmay qoldi. Shu narsalarni ko‘rgan ko‘zlarimiz Alloh taoloni ko‘rishga loyiq bo‘lmay qolmayaptimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunda ham saqlashga uringan insonlarni albatta Alloh taolo qadrlaydi. Qo‘lingizdan kelgani ko‘zingizni tiyish. Bu oddiy ishga o‘xshaydi, aslida esa uning savobi nihoyat darajada ulkan. Chunki qarash harom, gunohi kabira, o‘sha ishdan ko‘zni tiyish savobli ishni qilgandan ko‘ra darajasi yuqori bo‘ladi.  
Abdulloh  ibn  Mas’ud  roziyallohu  anhudan  marfu’an  rivoyat  qilindi: «Alloh taolo  dedi:  (xarom  qilingan)  nazar  iblisning  zaharli  o‘qlaridan  biridir.  Kimki  mendan  qo‘rqib  uni  tark  qilsa  uni  shunday  bir  iymonga  almashib  qo‘yamanki,  uning  halovatini  qalbida  his  qiladi».  (Tobaroniy.  Xokim)
Abu  Umoma  roziyallohu  anhudan  marfu’an  rivoyat  qilindi:  «Qaysi  bir  muslim  (begona)  ayolning  avratiga  nazar  qilib,  so‘ngra  Allohning  g‘azabidan  qo‘rqqan  holda  undan  ko‘zini  olib  qochsa  Alloh  unga  shunday  ibodat  beradiki  uning  lazzatini  qalbida  his  qiladi». (Ahmad.  Bayhaqiy). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 14:02 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar