O‘lchov

Assalomu alaykum! Vodiy tarafda mevachilik yaxshi rivojlangan. Furalarda halqdan meva gilos, hurmo, shunga o‘hshash mevalar olib evropaga olib ketadi. Shu meva oluvchilar mevaning yashiqini halq tarqatadi shu yashqlarni og‘irligi yani tarasi 1,5 kg deb belgilab qo‘ygan shunday tarqatadi qurigan yashiqni, lekin yashiq og‘irligi 1 kg og‘irroq shunday chiqadi. Ayrim odamlar o‘sha yashiqni suvga ivitib 1,5 kg ga yaqinlashtradi Bo‘lmasam 1 yashiq mevamdan 0,5 kg yutkazaman deb. Shu ish to‘g‘rimi suvga ivitib 1,5 kg olirlikka keltirib mevani sotish.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ish joiz emas. Yashikning asl vazni qancha bo‘lsa o‘shanga qarab hisob kitob qilish lozim.وَمَرَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِرَجُلٍ يَبِيعُ طَعَامًا فَسَأَلَهُ كَيْفَ تَبِيعُ؟ فَأَخْبَرَهُ، فَأُوحِيَ إِلَيْهِ أَنْ أَدْخِلْ يَدَكَ فِيهِ فَأَدْخَلَ يَدَهُ فَإِذَا هُوَ مَبْلُولٌ، فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَيْسَ مِنَّا مَنْ غَشَّ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَمُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَلَفْظُهُمَا: فَقَالَ: مَا هَذَا يَا صَاحِبَ الطَّعَامِ؟ قَالَ: أَصَابَتْهُ السَّمَاءُ يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: أَفَلَا جَعَلْتَهُ فَوْقَ الطَّعَامِ كَيْ يَرَاهُ النَّاسُ، ثُمَّ قَالَ: مَنْ غَشَّ فَلَيْسَ مِنِّي «Nabiy sollallohu alayhi vasallam taom sotayotgan odamning oldidan o‘tayotib: «Qanday sotyapsan?» deb so‘radilar. U xabar berdi. Shunda u zotga «Qo‘lingni u(taom)ning ichiga tiq», deb vahiy qilindi. U zot qo‘llarini tiqsalar, ho‘l ekan. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim aldasa, bizdan emasdir», dedilar».

Abu Dovud, Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.
Muslim va Termiziyning lafzida:
«U zot:
«Ey taom egasi! Bu nima?!» dedilar.

«Yomg‘ir tekkan edi, ey Allohning Rasuli», dedi.
«Odamlar ko‘rishlari uchun buni taomning ustiga qilsang bo‘lmasmidi! Kim aldasa, mendan emas!» dedilar», deyilgan. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar