Tovuq embrionidan olingan dori

Assalomu alaykum! Menda "nespetseficheskiy yazvennыy kolit" kasalligi bo‘lib, kasallikni butkil davolanish chorasi xozircha ma’lum emas ekan. Doimiy dorilarni qabul qilib parxezda yurishim kerak. Faqat qat’iy rejimda parxezda yursa kasallik rivojlanmaydi. Vrach boshqa dorilar qatori xayvondan olinadigan "pankreatin" va "erbisol ekstra" dorilarini xam yozdi. Pankratin cho‘chqa yoki mol oshqozon osti bezidan olinar ekan. Yurtimizdagi bu dorilar asosan cho‘chqadan olingan yoki xalolligi ma’lum emas. Xalol pankreatinni esa vrachning aytishi bo‘yicha xozirgi kunda bizni yurtda topishning iloji yo‘q ekan, chet ellarda bor ekan. Ushbu dorini ichmasam kasallik rivojlanishi mumkin. Xalolini chet eldan oldirish kerak ekan. 1. Savol. Xalol pankreatin topulguncha yoki topilmay qolganida xarom yoki xalolligi ma’lum bo‘lmagan pankreatinni qabul qilishim joizmi? Izox bu dorini doimiy xar ovqatlanishda qabul qilishim kerak. Qachon to‘xtatishni kasallik tuzalishiga qarab doktor xal qiladi. 2.savol. Erbisol ekstra dorisi bo‘yicha. Ushbu dori tovuq embrioni to‘qimasidan olinar ekan (Proizveden iz embrionalnoy tkani kurinыx zarodыshey). Bu dori kasalliklarga qarshi immunitetni rivojlantirar ekan. Ma’lum bo‘lishicha meni kassaligimga xam ancha yordam berar ekan. Bu dorini qabul qilishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar saxar diabeti kabi insulindan boshqa narsa topilmagandek dardingizga ham o‘shandan boshqa dori bo‘lmasa iste’moli joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:03 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar