Kiyinish
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im menga uylanishlaridan avval uylarida faqat aka-ukalari va ota-onasi yashashgan. Oilada qiz farzand bo‘lmagan. Shuning uchunmi bilmadim yoz kunlari kalta shortida bemalol yurishgan. To‘yimizdan keyin ham shunday yurishda davom etishdi. Qizlik uyimda bunday narsa bo‘lmaganligi uchunmi juda uyalyapman. Erimga aytsam erkaklarni avrati kindikdan tizzagacha deydilar. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Eringizni avrat haqidagi gapi to‘g‘ri, lekin odob-axloq nuqtai nazaridan aka-ukalari sizni oldingizda unday yurishlari joiz emas. Agar sonlari ko‘rinib turadigan bo‘lsa bir-birlarining oldida ham yurishi joiz emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:12 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush